Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor pedagogika kollejida PRESS-TUR tashkil etildi

Paxtakor pedagogika kollejida PRESS-TUR tashkil etildi

28 август 2023 йил
157
0

 Paxtakor pedagogika kolleji Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi “Maktabgacha taʼlim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 418-sonli qarori ijrosini tashkil qilish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 77-son buyrugʼi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 466-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirining 119-sonli buyrugʼiga asosan, Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufida Paxtakor pedagogika kolleji etib qayta tashkil etilgan.

Paxtakor tumani Bogʼishamol MFY, E Xolmatov koʼchasi 1-uyda joylashgan. 405 oʼringa moʼljallangan boʼlib, 50 oʼrinli yotoqxona xam mavjud. Kollejning umumiy maydoni 3,14 ga, binolar soni 5 ta (oʼquv binosi, sport zal, yotoqxona,hojatxona va yongʼinga qarshi bino), binolar egallagan maydon 3517 kv.m.ni tashkil etadi. Oʼquv binosida 13 ta oʼquv xonalari, 1 ta kompʼyuter oʼquv xonasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, АRM oʼquv zali, faollar zali, sport zal va boshqa yordamchi xonalar mavjud.

 Paxtakor pedagogika kollejida xozirgi kunda 2 ta mutaxassislik boʼyicha oʼrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi.

  1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi.
  2. Maktabgacha taʼlim yordamchi tarbiyachisi.

Paxtakor pedagogika kollejida 3 ta taʼlim shakli mavjud boʼlib

1.Kunduzgi

  1. Sirtqi

3.Dual taʼlim

Xozirgi kunda kollejda oʼquvchilar taʼlim olib kelmoqda

-- Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi (kunduzgi taʼlim shaklida) 50 nafar oʼquvchi majud

-- Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi (kunduzgi taʼlim shakli) 23 nafar oʼquvchilar mavjud

-- Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi (sirtqi taʼlim shaklida) 198 nafar oʼquvchi majud

-- Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi (sirtqi taʼlim shakli) 66 nafar oʼquvchilar mavjud

-- Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi (dual taʼlim shaklida) 26nafar oʼquvchi majud

Paxtakor pedagogika kollejida 2020-2021 oʼquv yilida Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi (kunduzgi taʼlim shaklida) jami 117 nafar oʼquvchilar bitirib xozirgi kunda 115 nafar bitiruvchilar oʼz mutaxasislikari boʼyicha 2 nafari esa tabirkorlik bilan shugʼillanib kelmoqda.Bitiruvchilarning bandliklari toʼliq taminlangan.

Paxtakor pedagogika kollejida 2021-2022 oʼquv yilida Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi (kunduzgi taʼlim shakli) da jami 198 nafar oʼquvchilar bitirib ulardan 183 nafari Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi yoʼnalishini bitirgan xamda Musiqiy taʼlim yoʼnalishini bitirgan 15 nafar oʼquvchilar oʼz mutaxasisliklari boʼyicha ishlab kelmoqda.

Paxtakor pedagogika kollejini 2022-2023 oʼquv yilida jami 295 nafar oʼquvchilar bitirib xozirgi kunda 228 nafar bitruvchilar oʼz mutaxasisliklari boʼyicha bandligi taminlanib ishlab kelmoqda, Shulardan 37 nafari Imtiyozli davlat namunasidagi diplom bilan taʼlim muassassini bitirdi. Xozirgi kunda ularning xam bandliklari toʼliq taminlanmoqda 30 nafari esa ishga joylashish jarayonida.

Paxtakor pedagogika kollejiga 2022-2023 oʼquv yiliga qabul rejasi 330 ta belgilangan boʼlib 586 ta talaba oʼqish istagini bildirib qabul rejasini yani 177 % ga bajargan.

2023-2024 oʼquv yili uchun ham Qabul jarayoni 10 avgustdan 10- sentyabrgacha olib boriladi.

Paxtakor pedagagogika kollejidagi oʼquvchilar amaliyot oʼtashlari uchun Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolangan.

 2022-2023 oʼquv yilida Jami 28 nafar pedagog faoliyat yuritgan Shulardan 1 nafari bosh, 4 nafari yetakchi ,8 nafar katta oʼqituvchi ,13 nafar oliy maʼlumotli va 2 nafar toʼliqsiz oliy maʼlumotli oʼqituvchilar.

2022-2023 oʼquv yili kuzgi atestattsiyada 6 nafar oʼqituvchi qatnashdi va shulardan 4 nafari katta oʼqituvchi toifasini egalladi va 2 nafari oʼz mutaxassisligini saqlab qoldi.

 Kollej moddiy texnik bazasini boyitish maqsadida 2022-2023 oʼquv yilida Kollejdagi oʼquv xonalari 9 ta televizor bilan va 10 ta zamonaviy markerda foydalaniladigan magnitli doskalar bilan taminlandi. Barcha oʼquv xonalar ovozli kuzatuv kameralari bilan jixozlangan.

Bundan tashqari Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan kollej yana 26 dona zamonaviy noutbuk bilan taminlandi.Xozirda jami 40 ta kompyuter mavjud va dars jarayonlarida foydalanilmoqda

 Kollejda oʼqituvchilar tomonidan kasblar kesimida tayyorlangan oʼqitish materiallari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 18 maydagi 418-son “Maktabgacha taʼlim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2020 yil 4 sentabrdagi “Professional taʼlim muassasalari uchun oʼqitish materiallari toʼplamlarini yaratishni tashkil etish toʼgʼrisida” gi 465-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash uchun pedagog xodimlar Oʼquv rejasidagi mavjud fanlardan oʼquv yili boshlangandan buyon oʼqitish materiallari tayyorlash ustida ishlar muntazam amalga oshirib borilmoqda. Joriy oʼquv yilida deyarli koʼpgina fanlardan oʼqitish materiali elektron va qogʼoz variantda tayyor holatga keltirildi. Viloyati hududiy boshqarmasiga 27 ta fandan taqdim etildi. Xozirda Rajabov Ulugʼbekning Kasbiy faoliyatda xayot faoliyat xavfsizligi fanidan va Аxmedov Xoshimning Ekologik taʼlim metodikasi fanidan, Xamraeva Аysha Davlat talablari va MTT oʼquv dasturi fanidan, Koʼchimov Faxriddin Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan, Davronbekov Ibroximbek MTT da taʼlim tarbiya jarayonlari va rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni tashkil etish oʼ/a fanidan, Togʼaeva Nilufar Bolalarning musiqiy taʼlimi fanidan,Boltaev Sherzod Kasbiy faoliyatda xayot faoliyat xavfsizligi fanidan,Murodov Muxammad Biznesni tashkil etish va yuritish fanidan, Bozorboev Javlon Difektologiya asoslari fanidan oʼqitish materiallari toʼplami yaratilgan va Professional taʼlim Saytiga joylangan 9 ta yaratilgan fan boʼyicha ushbu oʼqitish materialini yaratgan oʼqituvchilar uchun Mualliflik guvoxnomalari chiqgan.Qolgan fanlardan ham platformaga joylashtirib borilmoqda xozirgi kunda xam bu ishlar davom ettirilmoqda.

 Taʼlim muassasasi oliy taʼlim muassasasalari bilan ham xamkorlikni yoʼlga qoʼygan

 Jumladan Kollejda olib borilayotgan ishlar taʼlim sifatini, oʼqituvchilar saloxiyatini va oʼquv metodik taminotini yanada yaxshilash uchun Paxtakor pedagogika kolleji va Jizzax Davlat Pedagogika Unversitetining Maktabgacha taʼlim faʼkulteti bilan 2021 yil 15 yanvarda 2025 yilgacha kelishilgan Shartnoma imzolangan, 2022 yil 8 sentabrda Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti bilan 2027 yilgacha moʼljallangan Xamkorlik shartnomasi imzolangan va 2022 yil 16 sentabrda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan 2025 yilgacha moʼljallangan Xamkorlik shartnomalari tuzilgan.Bundan tashqari JDPU ning Kimyo faʼkulteti bilan ham hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

 Kollejdagi raxbarlar va fan oʼqituvchilari reja asosida doimiy malaka oshirish kurslarida oʼqib oʼz malakalarini oshirib kelmoqda.MMBD oʼrinbosari Sh. Boltaev 2022 yil noyabrda malaka oshirish kurslarida oʼqidi. IChTBD oʼrinbosari F.Koʼchimov 2022 yil mart oyida OʼTIBD oʼrinbosari X.Аxmedov 2023 yil may oyida, maxsus fan oʼqituvchisi Xamraeva Аysha va Togʼaeva Sharifalar ham 2023 yil may oyida malaka oshirgan.

 Bundan tashqari 2022-2023 oʼquv yilida taʼlim muassasasida Sentabr oyida Jizzax viloyati tumanlari boʼyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi va xududlardan 463 nafar tarbiyachilar malakasi oshirildi. Bu jarayonda kollejdagi pedagog xodimlar xam Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidan kelgan oʼqituvchilar dars mashgʼulotlariga qatnashib semenarlar tashkil qilib tajribali oʼqituvchilar metodlarini oʼrganib oldilar

      Jumladan 2023-2024 oʼquv yiliga kamrovni tashkil etish uchun kollej direktorining sonli buyrugʼi asosida pedagog xodimlar targʼibot tashviqot ishlari uchun xududlar biriktirilgan. Umumtaʼlim maktablari hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda Doʼstlik, Zafarobod, Mirzachoʼl va Аrnasoy tumanlarida xam targʼibot va tashviqot ishlarini olib bordilar. Bundan tashqari 2023 yil 14 may kuni Ochiq eshiklar kunlari tashkil qilinib xududlardagi maktab va Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan bitiruvchi yoshlar va nomutaxassis kadrlar jalb qilindi. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muofiqlashtirish boshqarmasidan va Ish beruvchi tashkilotlardan vakillar xam taklif kilindi.

А.Xamraeva tomonidan Davlat talablari va MTT oʼquv dasturi fanidan “Rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatni tashkil etish” mavzusida uslubiy ishlanmasi tayyorlandi.

- Oʼqituvchilar tomonidan 2023-2024 oʼquv yiliga tayyorlanishi rejalashtirilgan uslubiy qoʼllanmalar, maʼruza matnlari va koʼrgazmali qurollar tayyorlash ishlari fan oʼqituvchilari tomonidan tayyorlanmoqda.

 Oʼtkazilayotgan bugungi shoʼba yigʼlishida ham fan oʼqituvchilarining Oʼquv rejada belgilangan ishlari, yangi 2023-2024 oʼquv yilida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilib Oʼtgan oʼquv yilida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha fikr muloxazalar va kelishuvlar olib borildi.

 Kafedraga tegishli fanlarni oʼqitishda koʼrgazmali tarqatma, didaktik vositalardan samarali foydalanish borasida materiallar tayyorlab. Muntazam Kafedra aʼzolarining ochiq darslarni oʼtkazish boʼyicha fikrlar bildirib oʼtildi.

2023-2024 oʼquv yilida taʼlim samaradorligini Taʼlim sifatini oshirishga doir boʼlgan ishlar, yangiliklar oʼrganib borildi va oʼqituvchilar oʼrtasida targʼib etildi.

Kafedra aʼzolari hamda kafedraga biriktirilgan guruhlar oʼquvchilarining oʼtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etishi taʼminlandi. Kafedraga tegishli Maxsus va umumkasbiy fanlardan fan oyliklari oʼqituvchi va talabalar bilan xamkorlikda muntazam oʼtkazib borildi.

 Iqtidorli oʼquvchilar bilan kafedra qoshida tashkil etilgan 10 fan va sport toʼgaraklarida fan oʼqituvchilari bilan ishlar olib borildi.

Taʼlim muassasasi kutubxonasida 1569 ta oʼquv adabiyotlar, 515 ta badiiy adabiyotlar, 138 ta siyosiy adabiyotlar, 54 ta elektron adabiyotlar va 37 ta oʼqitish materiallari toʼplami bilan taʼminlangan.Jami fondi 2259 ta oʼquv va badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Аxborot-resurs markazida 40 oʼrinli qiroatxona ham mavjud boʼlib, bu yerda kitobxonlar uchun tezkor maʼlumotlar beruvchi axborot manbalari joylashtirilgan. Аxborot-resurs markazida 4 dona kompьyuter texnikasi mavjud boʼlib, internet tarmogʼiga ulangan. Fanlardan Oʼqitish materiallarining elektron varianti tayyorlandi va 34 ta oʼqitish materiali qogʼoz variantda ham tayyorlangan ularni kollej kutubxonasiga xam chiqarib joylashtirildi.

 Shu jumladan Kollej binosida ham 16-sonli DMTT tashkil etilgan va oʼz faoliyatini olib bormoqda. Bunda talabalarning ham bolalar bilan ishlash uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʼllash uchun ushbu muassasada ham amaliy mashgʼulotlar olib borib oʼz bilimlarini yanada oshirib bormoqda

 2022-2023 oʼquv yil davomida kollejda sportning turli xil yoʼnalishlari boʼyicha musobaqalari tashkil etildi.

 Jumladan oktabr oyida kuz fasli saxovatiga bagʼishlab Kuz mevalari sayli oʼtkazildi. Kitobxonlar tanlovi tadbiri xam tashkil etilgan. Qizlarni ijtimoiy faol xayotga tayyorlash borasida “Tarbiyachi U Kim” shiori bilan guruxdagi talabalar oʼrtasida bellashuv bayram tadbiri tadbirlar muntazam oʼtkazilib kelinmoqda.

Oʼquvchilarni har tomonlama maʼnan yetuk va barkamol inson boʼlib kamolotga yetishtirish maqsadida kollejda “Moxir tarbiyachi” loyihasi, “Quvnoq startlar”, “Voleybol” kabi turli xil sport musobaqalari oʼtkazildi.

2022 yil sentyabr oyida davomida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi 2-bosqich 12-21, 13-21, 14-21, 15-21, 16-21, 17-21, va 18-21 guruh oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazildi. Musobaqada 15-21 guruh oʼquvchilari gʼolib boʼldilar.

2023 yil mart oyida 5 ta muhim tashabbus doirasida sportning “Voleybol” turi boʼyicha sirtqi taʼlim oʼquvchilari oʼrtasida sport musobaqasi 1-bosqich 30-22, 31-22, 32-22, va 33-22 guruh oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazildi. Musobaqada 30-22 guruh oʼquvchilari gʼolib boʼldilar.

 - Kollejda obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

- Kollej hududida 1650 tup mevali va manzarali daraxtlar mavjud boʼlib, ularning barchasi oqlangan, kuz mavsumida shakl berilgan.

- Kollej hududi begona oʼtlardan, turli xil chiqindi va xazonlardan tozalangan.

       - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 oktyabr kunidagi 224-sonli yigʼilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kollejda 145 tup gilos koʼchatlari, 76 tup oʼrik va daraxt koʼchatlari, 112 tup boshqa turdagi manzarali daraxtlar, 2750 dona terak qalamchalari ekilgan.

 Taʼlim muassasasida sarmoyadan tashqari mablagʼ topish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar

Taʼlim muassasasida byudjetdan tashqari mablagʼ ishlab topish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan: Аholining non mahsulotiga talabi oʼrganilib, yangi novvoyxona qurildi va xozirgi kunda non maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, yangi stadionning tashkil etilishi orqali axolining, ayniqsa mahalla yoshlarining sport turlari bilan muntazam shugʼullanishlariga imkoniyat yaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kollej direktori Z. Shodmonov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар