https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
   KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNI KUCHAYTIRISHIMIZ LOZIM » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» »   KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNI KUCHAYTIRISHIMIZ LOZIM

  KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNI KUCHAYTIRISHIMIZ LOZIM

28 февраль 2024 йил
113
0

 Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek davlat hamda jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim preventiv mexanizmlarni yaratish, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali «inson omili»ni kamaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining muhim jihatlarini ko‘rsatmoqda.

2023 yilning 30 aprel kuni umumxalq ovozi — referendum orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan korrupsiya illatiga qarshi kurashishda parlamentning roli yana bir bor mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, bevosita xalq vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruza har tomonlama muhokama qilinadi hamda uning yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab takliflar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholashga hamda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi. Shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha «E-Antikorrupsiya» loyihasi ishga tushirildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati yaxshilanib, ortiqcha tartib-taomillar qisqartirildi hamda elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining soni oshirildi.

Raqamlashtirish orqali «inson omili»ni kamaytirish maqsadida barcha sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari jadallashtirildi. Xususan, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq 369 ta loyiha amalga oshirildi.

2022 yil uchun «Transparency International» tashkilotining «Korrupsiyani qabul qilish» indeksi yangi reytingida O‘zbekiston 14 pog‘onaga ko‘tarilib, indeks bahosida qatorasiga 9 yil davomida barqaror o‘sishga erishildi.

Yangi O‘zbekistonning reytingi o‘sishi bilan korrupsiyaga qarshi kurashishni to‘xtatib qo‘yish deb baholanmasdan, aksincha bu illatga qarshi kurashishni davom ettirishni kuchaytirish va bu kurashishni barchamiz birgalikda davom ettirishimiz lozim bo‘ladi.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudining raisi T.E.Xakimov

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303