Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning 2024-yil yanvar-fevral oylarida aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan BRIFING

Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning 2024-yil yanvar-fevral oylarida aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan BRIFING

23 февраль 2024 йил
49
0

 Assalomu alaykum hurmatli BRIFING tinglovchilari

men Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.Аripovning 2021-yil 7-avgustdagi l8/l- l998-son topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 23-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Аholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 38-son bayoni ijrosini ta’minlash borasida, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan to’xtalib o’tsam

Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgandayoq bir fikrni ta’kidlagandi xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Bu elparvar tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi Joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uyg‘otdi..

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida mutlaqo yangi tizim ishlayapti. Misol uchun joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uyg‘otdi. Davlat idoralari “har bir murojaat ortida inson taqdiri yotadi” degan hayotiy tamoyil asosida quyi tizimga tushib, aholi ehtiyojlari va talablarini tez va joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Paxtakor tumani bo’yicha qisqacha to’xtaladigan bo’lsam,

Jizzax viloyati Paxtakor tumani 1967 yil 9 yanvarda tashkil topgan. Umumiy maydoni, 0,38 ming km2. Chegaradosh viloyati Sirdaryo hamda Arnasoy, Do‘stlik Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod tumanlari bilan chegaradosh. Tumanda 15 ta mahalla fuqarolari yig’inlari mavjud bo’lib, 80 mingdan ortiq aholi sonini tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o‘zida bartaraf qilish kerakligini ta’kidlagandi.

Paxtakor tumani hokimligi ya‘ni men boshchiligimda 2024-yil yanvar-fevral oylarida 10 marotoba joylarda sayyor qabullar tashkil etilgan bo‘lsa, jami 70 ta murojaatlar kelib tushgan. Ijobiy hal qilinganlar 33 ta, huquqiy tushuntirishlar berish orqali 4 ta, asosli tushuntirishlar berish orqali 12 ta hamda 21 ta murojaatlar o’rganish jarayonida.

Har kimning masalasi o‘ziga xos. Kimdir uy-joy dardida, kimdir salomatligini tiklash, yana birov moddiy yordam, huquqiy ko‘mak olish istagi bilan qabulga kelgan. Bundan tashqari, yo‘l ta’miri, internet tarmog‘idagi uzilishlar, aliment undiruvi, ish stajini tiklash, tadbirkorlik sub’ekti ochish va mehnat munosabatlariga oid masalalarda murojaatlar qilishmoqda.

Bulardan tashqa, Paxtakor tuman hokimligiga 2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlari jami 137 tani tashkil etsa,

Shundan huquqiy tushuntirishlar berish orqali 55 tasi tugatilgan. Ijobiy xal qilinganlar 31 ta, jarayonda 51 tani tashkil etadi.

Xalq qabulxonalariga kelib tushgan eng ko‘p murojaatlar elektr energiyasi, gaz ta’minoti, bandlik, uy-joy, yer, tibbiy xizmat masalalari bo‘yicha bo‘lmoqda. Bu tizimda uchrayotgan kamchiliklarni oldini olish borasida mutasaddi-mutaxassislar bilan bartaraf etish choralari amalga oshirilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

O‘zbekiston Prezidenti mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi
15 январь 2024, Понедельник
O‘zbekiston Prezidenti mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi
Profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy o’rgandi
13 октябрь 2022, Четверг
Profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy o’rgandi
E'LON
28 июль 2022, Четверг
E'LON
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар