Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida "Turon" maktab teatri respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Paxtakor tumanida "Turon" maktab teatri respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

05 апрель 2024 йил
64
0

 O‘quvchi yoshlarning san'at, madaniyat va teatr sohasidagi iqtidorlarni kashf etish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Turon" maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Paxtakor tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Tadbirda Respublika ishchi guruhi, tuman sektor rahbarlari, Respublika manaviyat va marifat markazi Paxtakor tuman bo’limi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimi Qurbonov Jalol Karimovich ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

Tanlov davomida umumta'lim maktablarining 7-10-sinf o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari belgilangan 3 ta shart bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

Bugun Paxtakor tuman 14-sonli musiqa va sa'at maktabida "Turon  maktab tеatri" tanlovining tuman bosqichida 19-ta o'rta umumiy ta'lim maktabi o'quvchilari bеllashishdi. Tanlov talablari va shartlarini bajarib eng ko'p natijaga erishgan 7-o'rta umumiy ta'lim maktabi o'quvchilari g'olib dеb topildi.

Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i J.Qurbonov, tuman hokimi o'rinbosari F.Qo'ldoshev, tuman Madaniyat bo'limi boshlig'i M.Eshimqulov hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i M.Turg'unova, Respublika manaviyat va marifat markazi Paxtakor tuman bo’limi rahbari I.Xoliqovlar ishtirokchilarga esdalik sovg’alari ulashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o'rin - 7-maktab"Nihol"jamoasi

2-o'rin - 11-maktab "Yangi O'zbekiston yoshlari"

3-o'rin - 1-maktab "Ijod" hamda 13-maktab "Folklorlar" jamoalariga nasib etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар