Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzax viloyati ulkan o‘zgarishlar arafasida

Jizzax viloyati ulkan o‘zgarishlar arafasida

13 апрель 2024 йил
72
0

 So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilib, hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish orqali aholi bandligi va daromadini oshirishni ta’minlash hamda turmush farovonligini yuksaltirish masalasiga strategik yo‘nalish sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Shu maqsadda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadidagi Jizzax viloyatiga tashrifi davomida hudud iqtisodiyotidagi o‘sish nuqtalarini belgilash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt ichida olib borilgan keng qamrovli ishlar barcha hududlar singari Jizzax viloyatining ham naqadar  katta salohiyat va imkoniyatga ega ekanligini yaqqol namoyon etib bormoqda. Birin-ketin bo‘y ko‘tarayotgan yangidan-yangi turar joylar, ta’lim-tarbiya maskanlari, zamonaviy korxonalar, namoyon bo‘layotgan o‘ziga xos infratuzilma albatta ezgu maqsad yo‘lidagi fidoiylik mevasidir. 

Prezidentimiz Jizzax viloyatiga bu galgi tashrifini bazaltdan zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxona bilan tanishuvdan boshladi.  Shundan so’ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof  Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tumanidagi Tuyoqli mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan tanishdi.
Tashrif davomidagi keyingi manzil Prezident Shavkat Mirziyoyev “ADM Jizzakh” avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi. Viloyat sanoatini rivojlantirishda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi katta o‘rin tutmoqda. U mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada uchinchi, eksport hajmi bo‘yicha esa oltinchi o‘rinda turadi. Keyingi yillarda uning faoliyati takomillashtirilib, ishlab chiqarishga qulaylik kengaytirildi. Bugungi kunda sanoat zonasida 33 ta loyiha amalga oshirilib, 7 ming 670 kishi o’z ish faoliyatini olib bormoqda. “ADM Jizzakh” mas’uliyati cheklangan jamiyati sanoat zonasida samarali faoliyat yuritayotgan korxonalardan biri. U 2021 yilda tashkil etilgan. O‘tgan uch yilda “Kia”, “Chery” hamda “Haval” brendlari ostida 23 turdagi 36 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan. Loyiha doirasida 234 million AQSH dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilib, 1 ming 800 ta ish o‘rni yaratildi.

Davlatimiz rahbari zavoddagi ishlab chiqarish jarayonini atroflicha ko‘zdan kechirdi.

Prezidentimiz zavodda mahalliylashtirish darajasini oshirish, yurtimiz sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz zavodda mahalliylashtirish darajasini oshirish, yurtimiz sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tashrifning so’ngi kuni davlat rahbari boshchiligida Zarbdor tumanida Jizzax viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etilib, so‘nggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta yangi korxona ishga tushgan. Ularda 45 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratilgani, tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paygani alohida e’tirof etildi. Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ma’lum qildi. Yig‘ilishda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bu yil viloyatda 4 ming 500 xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan. Talab yuqori tumanlarda qo‘shimcha uylar qurish, Jizzax shahridagi perinatal markaz va ko‘priklarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari, vazirlar axboroti eshitilib, videoaloqa orqali xorijdagi elchilar va tumanlar jamoatchiligi bilan muloqot bo‘ldi. Yig‘ilish davomida Prezidentimiz viloyat jamoatchiligi vakillari, nuroniylar va yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning yurtimizdagi yangilanishlar, yaratilayotgan sharoitlar samarasi haqida o‘z hayoti va faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini tingladi. Davlatimiz rahbari ularning taklif va tashabbuslarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Amalga oshirilayotgan barcha kuch va sa’y-harakatlar odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashi, munosib sharoitlarda umrguzaronlik qilib, mehnat qilishlariga yo‘naltirilayotgani amalda qanday samara berayotgani mamlakatimizdagi bugungi qizg‘in jarayonlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Umuman olganda, Jizzax muhim o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turibdi. Prezident aytgan vazifalarning yaqin yillar ichida amalga ko‘chishi shu yerda yashayotgan har bir inson hayotida katta o‘zgarishlar yasaydi.

 

Jasurbek QARSHIYEV,

Yuksalish harakati Jizzax viloyati
hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Davlat dasturi – xalq manfaatlari ifodasi
12 март 2024, Вторник
Davlat dasturi – xalq manfaatlari ifodasi
Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.
15 сентябрь 2022, Четверг
Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
27 апрель 2022, Среда
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
07 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар