Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlandi

Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlandi

16 апрель 2024 йил
71
0

  Paxtakorda 15 aprel – “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosib nishonlandi.

Shu munosabat bilan “Maftuna” tantanalar majmuasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unga sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, bugungi kunda fidoyilik bilan ishlayotgan faollar taklif qilindi.

Ta’kidlanganidek, so‘ngi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida nishonlana boshlandi.

Paxtakor azaldan mamlakatimiz madaniyat va san’at sohasiga ko‘plab buyuk namoyandalarni yetkazib bergan. Elimiz sevgan san’atkorlar ehtirom bilan tilga olinadi.

Bayramda sohaning ilg‘or xodimlari va faxriylariga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар