Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiya masalasida SAYYOR QABUL o’tkazildi

Pensiya masalasida SAYYOR QABUL o’tkazildi

24 апрель 2024 йил
28
0

 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari Paxtakor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

 

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari Shadixodjayev Nuriddin Abdumalikovich, viloyat pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Istamov Murod Yakubovich, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi direktori Eshmirzayev Umid Xamidovich hamda nuroniylar, mahalla raislari, shuningdek, pensiya, bolalar puli hamda moddiy yordam bo‘yicha muammolari bo‘lgan shaxslar qatnashishdi.

Qabul jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat Pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlariga muttasil kiritib borilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida tushuntirishlar berildi. Dastlab mas’ullar tizimdagi yangiliklar hamda nafaqa, bolalar puli va moddiy yordam pullarining ajratilishi yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tishdi.  Shundan so‘ng fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi. Qabulda ishtirokchilarning savollariga tegishli huquqiy javoblar berildi. Sayyor qabulda fuqarolardan kelib tushgan jami 20 ta murojaatning 3 tasi tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘naltirilib, pensiya yoshidagi nuroniylarni davolash uchun masullarga biriktirildi. 4 tasiga xuquqiy maslahatlar berildi, 13 ta murojaat ma’lum muddatda o‘rganish talab etganligi uchun alohida nazoratga olindi. Murojaatlarning 24 foizi sud, 20 foizi esa arxiv xujjatlari faoliyatiga doir masalalarga to‘g‘ri keldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар