Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda yoshlarga yer ajratish ishlari davom etmoqda

Paxtakorda yoshlarga yer ajratish ishlari davom etmoqda

29 апрель 2024 йил
57
0

 Paxtakor tumani Mingchinor mahallasida ham aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mingchinor mahallasi hududidagi joylashgan 5-umumiy o’rta ta’lim maktab faollar zalida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqat tashkil etildi.

Unda tuman hokimi A.Ashurov boshchiligida «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun yer maydonlari ajratib berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tuman hokimi A.Ashurov yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, dehqonchilik qilish uchun ajratilgan ekin maydonlaridan oqilona foydalanish evaziga mo‘l hosil olish, xalqimiz dasturxonini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish zaruriyati haqida gapirdi.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning taklif, fikr-mulohazalari tinglandi. Yakunda hududdagi fermer xo‘jaliklar tasarrufidagi ekin maydonlaridan yoshlarga xo’jalik yerlar ajratib choralari ko’rildi.

Dehqonchilik qilish uchun yer olgan yoshlarga ekin maydonidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

– Mahallamizdagi ko‘plab yoshlar ish yo‘qligidan har yili ishlab, daromad topish uchun xorijga, asosan Rossiyaga ketar edi, – deydi Mingchinor mahallasida yashovchi G’ayrat Qulmatov. Mana bugungi kunda yoshlarga alohida e’tibor ko‘rsatilyapti, 50 sotixdan yer ajratib berildi. Bu albatta, ish bilan band bo‘lish, eng asosiysi, dehqonchilik qilib daromad topish imkonini beradi. Endi yerning “tili”ni topib, oqilona foydalanilsa, tabiat “injiqligi”ni qilmasa yurtimizda mehnat qilib oilamizni ta’minlaymiz.

Paxtakor tumanidagi barcha tumanlarda ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratib berish jarayoni davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар