slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

17 май 2024 йил
128
0

 Mamlakatimizda bugun kunda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilib, ijtimoiy xizmat turlari va ko‘lami kengaytirib kelinmoqda. 2023 yil 1 iyunda davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. O‘tgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib o‘rganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, ayniqsa tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning ijtimoiy himoyasi va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, har qanday huquqbuzarlik va salbiy illatlarning tomiri oilada shakllanadi. Oila shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma’naviy va axloqiy tarbiyalash, shaxslar bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘zini tutish kabi insoniy xususiyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxslarni zo‘ravonlikdan jabrlanishini oldini olish va ularga ijtimoiy, huquqiy, ruhiy, tibbiy yordam ko‘rsatishning tartibi, ushbu turdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va uning samarali profilaktikasi zaruriy profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida joriy yilning 10 may kuni Prezident tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qaror muhim dasturulamal hujjat bo‘lib xizmat qiladi.  Hujjatga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga «oila — mahalla — tuman va hudud» tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi. 1 iyundan boshlab tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Shu bilan birgalikda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismi ishonch telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro‘yxatga olinishining belgilab qo‘yilishi  jabrlanganlar ijtimoiy himoyasi, ularning haq-huquqlari o‘z ifodasini topishiga xizmat qilishi, shubhasizdir.

Mazkur qaror bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman va shahar shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi, rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar «Inson» markazlariga «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali yuborilishi mustahkamlab qo‘yildi. Bundan tashqari tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun shoshilinch qabul bo‘limlarida 1 iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1 oktyabrdan esa respublikaning qolgan barcha hududlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalarining  tashkil etilishi jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, qarorda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash yo‘nalishida ham alohida vazifalar belgilab berilib, zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish ishlariga majburiy ravishda Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari ham jalb qilinadi, 1 oktyabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturi «Inson» markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. “Inson” markazlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga himoya orderini berish uchun ichki ishlar organiga murojaat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar hududiy markazlarda bo‘lish vaqtida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturining ijrosini monitoring qilish hamda zarur hollarda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman va shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga talabnoma kiritish kabi qator qo‘shimcha huquqlar berilib, ularning bu boradagi vakolatlari oshirilishiga erishildi. Bu kabi sa’y-harakatlar zamirida albatta, birinchi navbatda inson manfaatlari mujassam bo‘lib, aholining ijtimoiy himoya  tizimini takomillashtirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.  

  

Jasurbek Qarshiyev,

“Yuksalish” harakati Jizzax

viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303