https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI

29 январь 2024 йил
96
0

 Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimimini yanada takomillashtirilishi haqida

 

So‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lida mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa xotin-qizlarning jamiyatdagi roli, o‘rni va nufuzini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish va ularni umume’tirof etilgan jahon andozalari talablariga keltirish yuzasidan qilinayotgan sa’y harakatlar alohida e’tiborga molik.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni ushbu islohotlarda muhim o‘rin tutadi.

Qabul qilingan Qonun bilan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda yuzaga kelayotgan bir qator muammolarni bartaraf etish va bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo‘yishga qaratilgan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emas, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (o‘ttiz kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta’minlash imkonini bermaydi, alimentlarni to‘lamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi yanada ko‘proq moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Bundan tashqari Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalarining faoliyati isloh etilib, ular tegishincha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari etib qayta tashkil etildi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o‘z huquqlari va manfaatlarini amalga oshirishida qo‘llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo‘yuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo‘ravonlikning oldini olishga, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari faoliyatining mustahkam huquqiy asosini yaratadi.

Huquqni qo‘llovchilar tomonidan qayd etilgan qonunni to‘g‘ri qo‘llash, bu masalada barqaror sud va tergov amaliyotini shakllantirish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oilaviy, maishiy, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy kabi tazyiq va zo‘ravonliklarga berilgan tushunchalarning sharhlari, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi munosabati bilan aybdorning harakatlarini ushbu modda bilan kvalifikatsiya qilishga oid o‘ziga xos xususiyatlari, zo‘ravonlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun jazo tayinlash va jazodan ozod qilish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib e’tiborga molik holatlari yuzasidan sudlar uchun ushbu masalalarda tegishli tushuntirishlar berilishini taqozo etadi.

Shunga ko‘ra, yangi qabul qilingan va davlat siyosatining muhim yo‘nalishini tartibga soluvchi mazkur qonun talablariga muvofiqlashtirish, odil sudlovni amalga oshirishda moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash, sudlarda yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida hamda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritlmoqda.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha

Paxtakor tuman sudining raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303