Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida belgilangan

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida belgilangan

26 февраль 2024 йил
84
0

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirishga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratdi.

Konstitutsiya bilan milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat hokimiyati, ijtimoiy-siyosiy institutlarning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangicha yondashuvlar belgilab berildi. Xususan, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatchilik tamoyillari o‘zgarmas qoida sifatida mustahkamlandi.

Ijtimoiy davlat konstitutsiyaviy prinsipidan kelib chiqib, davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish maqsadida davlatning ijtimoiy roli va majburiyatlari sezilarli darajada oshirildi, ijtimoiy adolat hamda birdamlik prinsiplari joriy etildi.

Konstitutsiyada huquqiy davlat prinsipidan kelib chiqib, «inson — jamiyat — davlat» tizimi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar bilan mustahkamlandi. Xususan, unda ilk marotaba insonlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga faqat qonunga muvofiq va sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi, «sukut saqlash» huquqi, huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik, yetarlilik prinsiplariga asoslanishi, inson va davlat organlari o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi mustahkamlandi.

Insonning uy-joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari ham kuchaytirildi. Xususan, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati va u ko‘rgan zararlarning o‘rni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida, har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi, davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilab qo‘yilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudining raisi T.E.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар