Ayni kunlarda Paxtakorda xushta’m qovun mahsulotlari allaqachon pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo‘natilmoqda.
«Gulobi» fermer xo‘jaligi raisi Usmonov Hasanxon tomonidan 100 gektar maydonning 92 gektariga qovunning Tarpeda, Ayreport, Obunavvot hamda qishga chidamli bo’lgan Gulobi navidan ekilgan. Qolgan 8 gektar maydonga oshqovoq mahsulotining eksport bobidan ekilgan.
Paxtakor tumani Nurli Pangat mahallasi hududida joylashgan «Gulobi» fermer xo‘jaligi tomonidan ekologik toza, mazasi tilni yorar qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish boshlandi. Qovunning Obunavvot navidan maxsus yashiklarda yuk avtomabillarga yuklanmoqda. Bugungi kunda 100 gektar maydonda 60 dan ortiq yoshlar ish bilan band.
Men o’zim 15 yildan buyon qovun yetishtirish hamda uni eksporti bilan shug’ullanaman. Oldinlari qovunni eksporti juda ham qiyin edi. Bojxonadan o’tkaza olmagan yuklarimizni ichki bozorlarda arzonga, ziyonimizga sotishimizga to’g’ri kelardi.
Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, chet davlatiga yo‘l olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda, bu yilgi daromadni million dollordan oshirishni rejalashtirganmiz deydi - Usmonov Hasanxon.