Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani fermerlari g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Paxtakor tumani fermerlari g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19 июнь 2023 йил
246
0

 Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boshoqli don ekinlarini yetishtirishga qaratilayotgan e’tibor dasturxonimiz to‘kinligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan Paxtakor tumanida ham g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan har yilgi shartnomaviy rejalar ortig‘i bilan bajarilib, yil davomida xalqimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati oshib bormoqda.

Joriy yil hosili uchun tumanimizda 246 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 11 ming 700 gektar maydonga g‘alla ekilib, tekis unib chiqqan bug‘doy maysalari agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilindi.

 Fermer xo‘jaliklari tomonidan bug‘doy dalalarini kuz-qish mavsumida sug‘orish va oziqlantirish ishlariga katta e’tibor berilib, kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan tizimli ravishda amalga oshirildi.

Erta bahorda bug‘doy maysalarini sug‘orish va oziqlantirish, suspenziya sepish, zararkunandalarga qarshi kurashish va begona o‘tlardan tozalash tadbirlari davom ettirildi. Natijada yozning o‘rtalariga kelib dalalarimizda ko‘zni quvontiradigan, mo‘l hosildan darak beruvchi g‘alla boshoqlari bo‘liq bo‘lib yetildi.

Ayniqsa, klasterlar tashkil qilingani hamda g‘allani sotish jarayoniga bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirdi. Ushbu o‘zgarishlar fermerlarni yerdan ko‘proq daromad va mo‘l hosil olishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Yetishtirilgan hosilni o‘rib olish maqsadida tumanda jami 16 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib, ularga 50 ta kombaynlar biriktirildi. O‘rim-yig‘im mavsumi oldidan don qabul qilish maskanlari to‘liq ta’mirlanib, jalb qilinadigan texnikalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va bu ishlarda qatnashuvchi ishchilarning malakalari oshirildi.

Bu kabi uyushqoqlik natijasida fermerlarimiz shartnomadagi 36 ming 329 tonna o‘rniga 36 ming 350 tonna don topshirib, 18 iyun kuniyoq rejalarini ortig‘i bilan bajardilar va viloyatda birinchilardan bo‘lib eng sarbaland g‘alla xirmonini ko‘tardilar.

Shartnomaviy rejadan tashqari yetishtirilgan hosilning fermer xo‘jaliklari tasarrufida qolishi qishloq ahlining turmush farovonligini ta’minlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanda o‘rim-yig‘im ishlari hali davom etmoqda. Paxtakorlik g‘allakorlar dalalarda pishib yetilgan boshoqli donni nes-nobut qilmay, so‘nggi misqoligacha yig‘ishtirib olish uchun mehnat qilmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, barcha g‘allakorlarimizga xirmoningiz hamisha sarbaland bo‘lsin, halol mehnatlaringizning rohatini ko‘rish nasib qilsin, deymiz. Mehnat zafaringiz muborak, aziz paxtakorlik g‘allakorlar!

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар