Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » GʼАLLА HOSILDORLIGINI VА SIFАTINI OSHIRISH

GʼАLLА HOSILDORLIGINI VА SIFАTINI OSHIRISH

27 февраль 2024 йил
114
0

 Qishloq xoʼjaligi sohasidagi oʼsimlik yetishtirish bilan bogʼliq har qanday faoliyatning asosiy maqsadi moʼl hosil olishdan iborat. Ekinlarning hosildorligi asosan 3 ta omilga bogʼliq: nav 35– 40 foiz, toʼgʼri amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar 30–35 foiz va oʼsimlik oʼsish hamda rivojlanishi davridagi ob-havo sharoiti hosildorlikning 25–30 foizini taʼminlaydi. Bundan tashqari, tuproqning xususiyatlari, navlarni toʼgʼri tashlash, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kabilar ham bu borada oʼz salmogʼiga ega.

Paxtakor tumanida 2024 yil xosili uchun 12 min gektar maydonga fosforli oʼgʼit bilan oziqlantirib ekilgan boʼlib

Xozirgi kunda 12 ming gektar boshoqli don ekinlarining 12 ming gektar maydoni tuplagan boʼlib xar bir gektariga 200 kgdan 2400 tonna azotli mineral oʼgʼit bilan oziqlantirildi

Bundan tashqari gʼalla maydonlariga 29544 tonna maxalliy oʼgʼitlar bilan oziqlantirish ishlari amalga oshirildi

Gʼallazorlardagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda navlarning biologik kelib chiqishini hisobga olgan holda, xususan ertapishar navlarni, oʼrta va oʼrta kechpishar navlarga nisbatan 7–10 kun ertaroq oziqlantirish hamda sugʼorishni sharbat usulida sugʼorishni tashkil qilish talab etiladi.

Joriy yilda tuman gʼallakorlari 36 ming 36 tonnadan ortiq hosil yetishtirishni maqsad qilganlar. Buning uchun imkoniyatlar yetarli. Аyni kunlarda 95 ta purkagichlar vositasida barcha gʼallazorlarga suspenziya sepish va begona oʼtlar, “zang” va boshqa kasalliklar hamda zararli hasharotlarni keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida tamirlanib mavsumga shay xolatga keltirildi

Agroinspeksiyaning Paxtakor tuman bo'limi boshlig'i X.Tursunboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар