O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovini hududiy bosqichi o‘tkazildi
Tanlovda Paxtakor tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsuli, Hakamlar hay’ati raisi V.Qodirov, hakamlar hay’ati tarkibida Paxtakor tuman davlat xizmatlari markazi bo‘limi boshlig‘i B.Abdusodiqov, Paxtakor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita kotibi J.Alimbekovlar qatnashdi.
Paxtakor tumani “Zukko kitobxon” tanlovi, Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirilgan tuman(shahar)larning 4-sektoridagi “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida ochilgan kutubxona joylashgan mahallada istiqomat qiladigan 14 yoshga to‘lgan hamda 30 yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan soʻng, Paxtakor tuman davlat xizmatlari markazi bo‘limi B.Abdusodiqov soʻz olib, “Zukko kitobxon” tanlovining Nizom talabiga muvofiq tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazilib, yakuni bo‘yicha hududiy hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi ishtirokchi g‘olib deb topilganligini ma’lum qildi.
- 1-oʻrin Xamzayeva Xadichabonu Marat qizi qo‘lga kiritdi (Do‘stlik MFY);
- 2-oʻrin Nirqosimov Nurali Shodi o‘g‘li qo‘lga kiritdi (Do‘stlik MFY);
- 3-oʻrin Saidov Asad Jamshid o‘g‘li qo‘lga kiritdi (Do‘stlik MFY);
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan “Zukko kitobxon” tanlovining ikkinchi bosqichiga Xamzayeva Xadichabonu Marat qizi ishtirok etish huquqinini qo‘lga kiritilganligi e’tirof etildi.