Paxtakorda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”bo‘lib o‘tdi
Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak
Paxtakor tumanida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish, fuqarolar va yoshlar bandligini ta'minlash orqali ularning ijtimoiy faolligi va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari muntazam o'tkazib kelinmoqda. Ana shunday mehnat yarmarkalaridan biri tuman markazida joylashgan YOSHLAR SAYILGOHIda tashkil etilib, Yarmarkada 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar Tuman bo‘ylab kelgan eldoshlarimiz taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar
Bo’sh ish o’rinlar yarmarkasida tuman hokimi, sektor rahbarlari mutasaddi tashkilotlar bo’sh ish o’rinlari taklif etayotgan korxona tashkilotlar bilan suhbatlar olib borishdi. Jumladan PAXTAKOR TEKS qo’shma korxonasi bugungi kunda 100 nafar fuqaroga bo’sh ish o’rin yaratgan bo’lsa, yil yakuniga qadar yana 600 nafar ish o’rini yaratish imkoniyati borligini takidladi
Mehnat yarmarkasi yakunida bir qator ishsiz fuqarolarning o‘zlariga mos ish o‘rinlariga joylashishlari uchun tegishli yo‘llanmalar berildi.
Yarmarka yakuni tuman madaniyat bo'limi xushavoz xonandalari ishtirokida gala konsertga aylanib ketdi