slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga soʼnggi kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar yosh avlod huquqlarini kafolatlaydi. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga soʼnggi kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar yosh avlod huquqlarini kafolatlaydi.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga soʼnggi kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar yosh avlod huquqlarini kafolatlaydi.

25 июль 2024 йил
62
0

 2023-yil 1-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2023-yil 30-aprelь kuni oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 2023-yil 1-mayda kuchga kirdi. Yangi taxrirdagi Konstitutsiyada moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, olganda, konstitutsiya 65 foizga yangilandi. Yangi Konstitutsiya mamlakatni yanada demokratlashtirish, sudьyalarni, mahalliy hokimiyat organlarini saylash va mahalliy hokimiyat tarmoqlarini ajratishning huquqiy asoslarini yaratdi.Prezidentimiz urgʼu berib qayd etganidek, bugun yangilangan Oʼzbekistonning tashqi siyosati aynan ochiqlik va tashqi aloqalarning hamma yoʼnalishini birdek rivojlantirishga qaratilgani bejiz emas. Iqtisodiy nuqtai nazardan yangi Konstitutsiyaning vazifasi xususiy mulk huquqlarini himoya qilish, agrar islohot uchun huquqiy shart-sharoit yaratishdan iborat. Shuningdek, soliq siyosatini davom ettirish, davlat boshqaruvi tizimini amalga oshirish, byudjet siyosatini shakllantirish va amalga tatbiq etish, hududlar mustaqilligini oshirish, ichki va tashqi investitsiyalarni ragʼbatlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishi lozim. Maʼmuriy boshqaruv tizimini takomillashtirish, hokimiyat funktsiyalarini qayta taqsimlash, davlat apparatini keskin qisqartirish muhim masala boʼlib qolmoqda. Davlat xizmatchilarini tanlashning raqobat tizimini joriy etish juda zarur. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, yuqori va oʼrta darajadagi kadrlar tayyorlash darajasi yetarli emas. Kadrlar tomonidan islohotlarning mazmun-mohiyati, zarurligi, strategik maqsad va vazifalarini chuqur anglash boʼyicha tizimli ishlarni kuchaytirish muhimligi yangi Konstitutsiyada oʼz aksini topgan. Biz huquqiy davlat barpo etyapmiz. Konstitutsiya yuridik mazmun va mohiyatga ega boʼlgan huquqiy hujjat boʼlib, davlatning asosiy qonuni sifatida butun huquqiy va qonunchilik tizimlarining oʼzagini tashkil etadi, jamiyat va davlat hayotining, davlat organlari tashkil etilishi va faoliyatining asosiy printsiplarini mustahkamlaydi. Shu sababli jamiyatdagi barcha huquqiy hayot va yuridik amaliyot, shu jumladan odil sudlov amaliyoti konstitutsiyaviy qoidalar asosida shakllanadi.Konstitutsiya xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, muhim maʼnaviy omil boʼlib xizmat qiluvchi gʼoyalar oʼz ifodasini topadi. Konstitutsiyada mujassamlashgan mafkura jamiyatni, xalqni muayyan maqsadlar sari yetaklaydi, ularni uddalash uchun safarbar qiladi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy istiqlol gʼoyasi va mustaqillik mafkurasining huquqiy asosini tashkil etib, xalqimizning istiqlolga, erkinlikka boʼlgan intilishini, milliy axloqiy-maʼnaviy qadriyatlarini aks ettirgan hamda ularni jamiyat ongiga, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qiladi.Yangi konstitutsiya umumxalq muhokamasida kelib tushgan koʼp sonli takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi. U xalqaro standartlarga, eng muhimi, Oʼzbekiston xalqining xohish-irodasi va orzu-istaklariga toʼliq mos keladi. Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyada alohida modda yoshlar huquqlariga bagʼishlangan. Unga koʼra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi. Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlariga akademik erkinlik, oʼzini oʼzi boshqarish, tadqiqotlar olib borish va oʼqitish erkinligi huquqi berilishi ham quvonarlidir. Oliy taʼlim tizimi bilan bogʼliq masalalarning Konstitutsiya darajasida belgilanayotgani oliy taʼlim jarayoniga tashqi aralashuvlarni cheklash, oliy taʼlim sifati va dunyoda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Yangilangan konstituttsiyada aloxida eʼtiborga olinadigan jixat bu advokatura institutini kiritilishi boʼldi. Xususan konstituttsiyaning 29-bobi advokatura toʼgʼrisidagi bob hioblanadi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam koʼrsatish uchun advokatura faoliyat koʼrsatishi, advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va oʼzini oʼzi boshqarish printsiplariga asoslanishi, advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanishi kabi normalar kiritilgan. Yangilangan konstitutsiyamizda shaxsning ishi sudda koʼrib chiqilib, uning aybi isbotlanib sudning qonuniy kuchga kirgan xukmi bilan aniqlanmaguncha u aybsiz xisoblanishi mustahkamlangan. Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilgan.  Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emasligi, ushlab turish qonuniyligi va asosoliligi sudda isbotlanmasa, (“Xabeas korpus” instituti) shaxs darxol ozod qilinishi hamda shaxsni ushlab turishda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushintirilishi kerakligi, shuningdek, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʼziga qarshi koʼrsatma bermaslik keltirib oʼtilgan. Yana muhim oʼzgarishlardan yozishmalar, telefon orqali soʼzlashuvlar pochta va elektron xabarlar va boshqa xabarlarni sir saqlash huquqi sudning qaroriga asosan cheklanishi mustahkamlandi. Yana bir muxim jixat shaxs qarindoshlarining sudlanganligi asosi bilan huquqlari cheklanishi mumkin emasligi qaʼiy belgilanishi boʼldi, endilikda inson yaqin qarindoshlari yoʼl qoʼygan xatolar uchun javob bermaydi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudlar faoliyatini moliyalashtirish faqat davlat byudjetidan amalga oshirilishi belgilangan modda kiritildi.

Jizzax viloyat sudining sudyasi S.Ergashev  

Jinoyat ishlari boʼyicha Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303