Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Oʼzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʼlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

Oʼzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʼlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

06 январь 2024 йил
211
0

 Konstitutsiya– Vatanimiz istiqloli, xalqimiz mustaqilligining tom maʼnodagi timsollari sifatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladigan muhim demokratik hamda huquqiy vositadir. Konstitutsiya– Vatanimiz istiqloli, xalqimiz mustaqilligining tom maʼnodagi timsollari sifatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladigan muhim demokratik hamda huquqiy vositadir. Joriy yil 30 aprelь kuni boʼlib oʼtgan umumxalq referendumida xalqimiz oʼzining siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.Bu «Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir» degan tamoyilga toʼla mos keladi. Natijada insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʼururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʼylangan, «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili asosida Bosh qomusimizning yangi tahriri qabul qilindi. Konstitutsiyamizning 1-moddasida Oʼzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʼlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilandi.Konstitutsiyamizda Oʼzbekiston huquqiy davlat ekanligini alohida belgilanishi – davlat oʼz faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning yashash tarzini faqat Konstitutsiya va qonunlar asosidagina amalga oshirishi belgilandi. Oʼz navbatida Konstitutsiyaning boshqa normalarida ham huquqiy davlat printsipini roʼyobga chiqarishga qaratilgan mexanizmlar va kafolatlar mustahkamlandi. Konstitutsiyada davlat faoliyati qonun ustuvorligi, qonuniylik printsipi asosida amalga oshirilishini taʼminlash boʼyicha Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi hamda uning toʼgʼridan-toʼgʼri amal qilishi belgilanmoqda. Natijada davlat organlari, shu jumladan, sudlar oʼz faoliyatida Konstitutsiyaga toʼgʼridan-toʼgʼri murojaat qilgan holda qarorlar qabul qiladi, yaʼni Konstitutsiyada belgilangan normalar barcha qonun va qonun osti hujjatlardan ustun ekanligi belgilandi. Inson huquq va erkinliklari xalqaro huquq va Konstitutsiya normalariga muvofiq kafolatlanmoqda, ular qonunchilik va davlat organlari faoliyatining mazmunini belgilashi mustahkamlandi. Shuningdek, insonga nisbatan davlatning huquqiy taʼsir choralari qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli va mutanosib boʼlishi shartligi va inson bilan davlat organlarining oʼzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi mustahkamlandi. Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bogʼliq normalar 3 barobarga koʼpaytirilib, ijtimoiy davlat modelini amalga oshirish mexanizmlari belgilandi. Birinchidan, Konstitutsiyamizda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash boʼyicha davlatning majburiyatlari, mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib yashashini taʼminlash hisobga olinishi alohida belgilandi; Ikkinchidan, davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha majburiyatlari Konstitutsiya normasi darajasida mustahkamlandi;Uchinchidan, fuqarolarning kafolatlangan tibbiy yordamga boʼlgan huquqlari belgilandi hamda davlatning taʼlimning barcha shakllariga gʼamxoʼrlik qilishi, inklyuziv taʼlimni taʼminlashi, oʼqituvchining maqomiga oid normalar mustahkamlandi; Toʼrtinchidan, ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi sifatida barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi boʼlgan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga oid yangi qoidalar oʼrnatildi. Oʼzbekistonni ijtimoiy davlat deb belgilash – taʼlim, sogʼliqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, ayniqsa, ijtimoiy himoyalanmagan yoki ehtiyojmand qatlamni qoʼllab-quvvatlash orqali ularga munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qilishini taʼminlashga qaratilgandir.Konstitutsiyamizda Oʼzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligi alohida belgilandi. Bu bilan esa diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan, davlat boshqaruvi diniy qoidalar bilan emas, Konstitutsiya va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat hisoblanishligi konstitutsion norma bilan qatʼiy belgilandi. Oʼz navbatida dunyoviy davlat vijdon va eʼtiqod erkinligining mavjudligi, davlatning jamiyat hayotida fuqarolar tomonidan eʼtiqod qilinayotgan dinlarga teng va birdek betaraf munosabatda boʼlishi hamda hech qaysi dinning davlat dini sifatida oʼrnatilmasligi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga dunyoviy davlat fuqarolarga taʼlim olish, shaxsiy rivojlanish yoʼlini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish hamda ilm-fan va madaniy taraqqiyotda ijodiy erkinlikni taʼminlashni koʼzda tutadi. Eng muhimi, dunyoviy davlat barcha dinlar uchun nafaqat teng sharoitlar yaratib berishni, balki fuqarolarga taʼlim olish, shaxsiy rivojlanish yoʼlini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish hamda ilm-fan va madaniy taraqqiyotda ijodiy erkinlikni taʼminlashni koʼzda tutadi. Xulosa oʼrinda shuni taʼkidlash kerakki davlatimizning Bosh qomusi – Konstitutsiyamizda inson manfaatlar, erkinliklar taʼminlashnishi, ularning haq-huquqlar himoyalanishi qonun ustuvorligi bilan himoyalanganligini oʼz aksini topgan.


Jizzax viloyat sudi sudyasi S.А.Nabiev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар