slot gacor
slot gacor
https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://radarlombok.co.id/lmb/pulsa/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.

31 июль 2024 йил
84
0

 Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari, mavjud sektorlarning rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashidagi deputatlik oʼrinlari sonini belgilash hamda Paxtakor tumani saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʼgʼrisida” gi kun tartibidan oʼrin olgan birinchi masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining deputati, Sud huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha doimiy komissiya raisi Ravshan Normurodovning hisoboti tinglandi. Notiq oʼz soʼzida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining joriy yilning 26-iyun kunida oʼtkazilgan yigʼilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktyabrda oʼtkazilishini maʼlum qilganligi va bu toʼgʼrida tegishli qarorlar qabul qilinib, shunga binoan saylov kompaniyasi 2024-yilning 26-iyulidan boshlanganini aytib oʼtdi. Shu munosabat bilan Saylov kodeksining 88-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi tomonidan deputatlik oʼrinlari sonini belgilash toʼgʼrisida qaror qabul qilinishi lozimligi, Paxtakor tumanida aholi soni 80 mingdan ziyodligi hisobga olingan holda, deputatlik oʼrni 20 ta boʼlishi taklif etilayotganini taʼkidladi va deputatlardan qaror loyihasini qoʼllab-quvvatlashlarini soʼradi.

Sektor rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirayotgan ishlari toʼgʼrisidagi ikkinchi masalada tuman hokimi, 1-sektor rahbari Аsilbek Аshurov soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5633-sonli Farmoni, 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy ivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanda har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilishda moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalar boʼyicha “Temir daftar”, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʼllab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar oʼrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʼlgan xotin-qizlar va yoshlar boʼyicha tegishlicha “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etilgani, joriy yilning 1-chi yarmida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 65 nafar yoshni, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 634 nafar ayolni, “Temir daftar”dagi 4 ta oilani ijtimoiy faolligini oshirish, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish boʼyicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani toʼgʼrisida maʼlumot berdi. Shuningdek, yoshlarni bandligini taʼminlash, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, Oliy taʼlim muassasalariga qamrovini oshirish, ularni kasb-hunarga yoʼnaltirish masalalari alohida nazoratga olingani, uyushmagan yoshlar ishtirokida, yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va besh tashubbus olimpiadasi doirasida 427 marotaba sport, madaniy va boshqa tadbirlar oʼtkazilganligi haqida ham batafsil taʼkidladi.

Shuningdek, mazkur masala borasida tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Ikrom Begashev, tuman IIB boshligʼi Yoqubjon Аkaboev hamda tuman soliq inspektsiyasi boshligʼi Begzod Normurodovlar ham sessiya ishtirokchilariga oʼz hisobotlarini taqdim etdilar.

Deputatlar, tumanda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini va yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash maqsadida qilingan ishlar toʼgʼrisidagi uchinchi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi 5072-sonli qarorining tumandagi ijrosi, 2024-yil 2-chorak davomida byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishi, tuman mahalliy byudjeti barqarorligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʼ ajratish hamda Paxtakor tumanining 2024-yilga tasdiqlangan mahalliy byudjetiga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisidagi toʼrtinchi masala yuzasidan ham soha mutasaddilarining axborotlarini eshitdilar.

Paxtakor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida innovatsiyalarning oʼrni hamda 2024 yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi sessiya kun tartibidan oʼrin olgan navbatdagi masala borasida tuman hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ozoda Otajonova soʼzga chiqib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining oshishi tumanga investitsiyalarni, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish natijasida yuzaga kelayotgani, investitsiyalar hisobidan yalpi hududiy mahsulot, tuman byudjeti daromadlari, aholi bandligining oʼsishi kuzatilayotgani haqida batafsil maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar kun tartibidan oʼrin olgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 59-sonli Farmonining ijrosi haqidagi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman boʼlimi tomonidan 2024-yil birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi, xalq deputatlari tuman Kengashining bosh mutaxassisini tasdiqlash hamda sessiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar borasida ham soha mutasaddilarining axborotlarini tingladilar.

Sessiya yakunida deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olinib, xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish toʼrtinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303