Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!

Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!

27 апрель 2022 йил
300
0

Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!

 

Bugun mamlakatimizda yangi davr boshlandi. Inson manfaatlari har narsadan ustun ko‘rilayotgan bu davrda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish orqali aholi farovonligini taʼminlash bosh vazifa etib belgilandi. Davlatimiz rahbari prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan ilk kunlaridan-oq, mutasaddilar oldiga respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish vazifasini quydilar.

Aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan har qanday dasturlar aholi soni, yashash sharoiti, maʼlumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi va joylashuvi to‘g‘risidagi aniq maʼlumot va tahlillar asosida ishlab chiqilgandagina ko‘zlangan natijalarni beradi. Bunday maʼlumotlarni olish imkonini beradigan yagona – aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizda bundan 30 yil avval o‘tkazilganligi bois, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini maʼlum darajada cheklamoqda.

Xalqaro tajribaga asosan aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro meʼyorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi anʼanaviy: yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.

Aholini ro‘yxatga olish avvalo davlatga yoki hukumatga emas, jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi maʼlumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar.

Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Bolalar soni to‘g‘risidagi maʼlumotlar maktab, bolalar bog‘chalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda ishlatiladi. Yosh haqidagi maʼlumotlar qachon va qancha odam pensiyaga chiqishi, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishini rejalashtirish uchun zarur.

Paxtakor tumani statistika bo'limi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар