Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tuman hokimi 7-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

Tuman hokimi 7-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

13 апрель 2022 йил
413
0

 Paxtakor tuman hokimi Asilbek Rahmanovich Ashurov yoshlar bilan uchrashish uchun tumandagi 7-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Maktabda amalga oshirilayotgan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning ijrosi, makatabning moddiy texnik bazasi, obodanlashtirish, maktabda to’garaklarning faoliyati, hamda ta’lim sifatiga alohida e’tibor berdi.

O’quvchilarning sport, musiqa, kompyuter savodxonligi, kutubxonalarga qiziqishi qaydarajada ekanligini bilish maqsadida har bir yo’nalish bo’yicha alohida suhbatlar qilindi.

Ayniqsa maktabning bitiruvchi 11-sinflar bilan suhbatlar qizg’in bo’ldi. Suhbat chog’ida tuman hokimi o’quvchilarning Oliy ta’lim muassasalarga qiziqishi, ular bilan olib borilayotgan diognostik test natijalari bilan qiziqdi va tegishli maslahatlar berib o’tdi.

7-umumta’lim maktabi o’tgan 2020-2021 o’quv yilida o’quvchilarni Oliy ta’lim muassasalarga o’tish natijasi 31% bo’lsa bu yilgi 2021-2022 o’quv yilida 45 % kutilayotganligi maktab direktori tomonidan ta’kidlab o’tildi. Bunga albatta asos borligini, bu yilgi bitiruvchilarimizning ko’pchiligi hozirda chet yo’nalishi bo’yicha qiziqishlari kuchli bo’lib, 11-sinf o’quvchisi Xudoyberdiyeva Madina ingliz tilidan 5-darajali sertifikat olganligi yutuqlarning boshlanishi ekanligidan darakdir  deydi maktab direktori Karimova Dilfuza.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар