Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Umid nihollari — 2022” gʻoliblariga Prezident sovgʻalari topshirildi

“Umid nihollari — 2022” gʻoliblariga Prezident sovgʻalari topshirildi

05 сентябрь 2022 йил
263
0

 “Umid nihollari — 2022” sport musobaqalarining viloyat final bosqichi sportning 11 ta turidan bo'lib o'tdi.

Respublikamizning barcha tuman (shahar)larida umumta'lim maktablarining 7-8 va 9-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoalari mazkur musobaqalarda sportning badminton, futbol, basketbol, voleybol, gandbol, stol tennis, shaxmat, kurash, sport gimnastika, badiiy gimnastika, engil atletika sport turlari bo'yicha bellashdilar.

2021-2022 oʻquv yili davomida yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, oʻquvchilarni sport mashgʻulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalari oʻtkazildi.

Joriy yilning 2-3-sentabr kunlari viloyatimizning barcha hududlarida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalarining final bosqichlarida 509 nafar gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning 51 nafar murabbiylarini taqdirlash marosimlari tantanali ravishda oʻtkazildi.

Jumladan Paxtakor tumanida taqdirlash marosimi “Mo’jiza istirohat” bo’gida “Yoshlik va sport bayrami” sifatida nishonlandi.

Bayram tadbirida tumanimizning jami 101 nafar oʻquvchilari hamda 12 nafar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchi - murabbiylariga estalik sovgʻalari topshirildi.

1-oʻrinni egallagan 43 nafar oʻquvchilarning har biriga noutbuk, 2-oʻrin egallagan 15 nafar o’quvchilarga televizor, 3-oʻrin egallagan 43 nafar o’qvchilarga velosiped va 1-3-darajali medal, diplom shuningdek, ularni musobaqalarga tayyorlagan oʻqituvchi - murabbiylari sport ekipirovkalari bilan taqdirlandi.

Musobaqalar o'quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadiga uyg'un tarzda olib borildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Paxtakor tuman Xalq ta’limi bo’limi

amaliy fanlar metodisti: D.Alibekov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар