Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “BIZ SOG‘LOM TURMUSH TАRZI TАRАFDORIMIZ!”

“BIZ SOG‘LOM TURMUSH TАRZI TАRАFDORIMIZ!”

28 февраль 2023 йил
135
0

 Paxtakor tumani hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida, 4-umumta’lim maktabining faollar zalida Suvonobod mahalla fuqarolar yig'ini aholisi ishtirokida “BIZ SOG‘LOM TURMUSH TАRZI TАRАFDORIMIZ!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarlik, oilaviy ajrimlar, erta va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, diniy-maʼrifiy muhitni sog‘lomlashtirish to‘g‘risida so'z yuritildi.

 Tadbirda RMMM tuman bo'linmasi mutaxassisi D.Qobilov, tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi O.Gurgiboyev, Reproduktiv salomatlik vrachi, akusher-ginikolog N.Shamsiyeva, Din ishlari qo'mitasining tumandagi bosh mutaxassisi Sh.Nazarovlar ichtirok etdilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishlicha javoblarni oldilar.

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар