Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » • Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

• Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

23 март 2023 йил
392
0

 Ma’lumki, 2023-yil - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tumanimizda ham o‘z xizmat binosiga ega bo‘lmagan va xizmat binosi ta’mirtalab mahallalarga joriy yil boshidan jadallik bilan bosqichma-bosqich xizmat binolari qurilib, foydalanishga topshirilib kelinmoqda.

Bugun tumanida navbatdagi "Suvonobod" mahallalasi Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy bino qurib, foydalanishga topshirildi. Bahor faslining kelinchagi bo‘lmish Navro‘z bayrami arafasida yangi binoning foydalanishga topshirilishi mahallalar aholisi uchun qo'shaloq bayram sifatida nishonlandi.

To‘rt mingdan ziyod aholi yashayotgan mahalla shu kunga qadar o‘z binosiga ega emasdi. Mahalla hududida homiylik asosida 6 xonali zamonaviy bino qurib berildi va maskanda xodimlar uchun zarur bo‘lgan qulay shart-sharoitlar, yangi bino uchun zamonaviy mebellar to‘plamlari yetkazib berildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi A.Ashurov, ikkinchi sektor rahbari I.Begashev, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i A.Salomov, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan otaxonlar kelgusida mazkur inshoot ko'p yillar davomida xalqimizga xizmat qilishii, yurtimizni tinchligini Allohdan so'rab, duoga qo'l ochishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар