Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitusiyasi

Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitusiyasi

31 март 2023 йил
207
0

     Tumanimizdagi “Oq buloq” mahalla hududida joylashgan 13-umumta’lim maktabida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitusiyasiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimligi, mahalla hayriya jamoat fondi, xalq deputatlari, mahalla faollari, pedagog xodimlari qatnashdi. Tadbirda xalq deputatlati tuman kengashi deputati M. Uralova, “Oq buloq” MFY raisi M. Xasamiddinovlar tomonidan davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi Bosh Qomusimizning takomillashtirilishi eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning haq-huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.    

     Tadbirlar davomida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va ana shu Referendum joriy yilning 30 aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har bir fuqaro ishtirok etib o‘z fuqarolik burchini bajarmog‘i lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар