Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Energiya resurslaridan qarzdorlik undiruvi davom etmoqda.

Energiya resurslaridan qarzdorlik undiruvi davom etmoqda.

06 апрель 2023 йил
156
0

 Yoqilgʼi-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, energiya resurslari yetkazib berish va isteʼmol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga soʼzsiz rioya etish,— iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Maʼlumki, bu yil qish ancha sovuq boʼlganligi uchun energetika tizimi bilan bogʼliq muammolar yaqqol koʼrinib qoldi. Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda ayrim eskirgan vositalari isteʼmol talabi darajasida emasligini anglatdi. Energetika tizimlarini transformatsiya qilish oʼz navbatida mablagʼga borib taqaladi.

Energiya resurslaridan foydalanib, pulini toʼlashga kelganda «harajatlar roʼyxati»ning oxirgi qatoriga qoʼyadigan shaxslar ham uchrab turadi.

Bugungi kunda Byuroning Paxtakor tuman boʼlimi tomonidan energiya resurslaridan qarz undiruvlar bilan bogʼliq ijro ishlari alohida nazoratga olingan boʼlib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzaga kelgan qarzdorliklarini doimiy ravishda toʼlab borish, aks xolda qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralari koʼrilishi mumkinligi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.

Byuroning Paxtakor tuman boʼlimi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro xujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan Energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 97 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 483 mln. soʼm amalda undirilgan boʼlsa, 2 ta 1,5 mln. soʼmlik mulk xatlanib, 2 ta 1,5 mln soʼmlik mulklar savdoga chiqarilgan.

Tabiiy boyliklarimizning qadriga yetib, undan foydalangandan soʼng toʼlovlarini ham oʼz vaqtida toʼlab borilganda, shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas edi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар