slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 Nuroniylar Toshkent shahriga sayohat qildi. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Nuroniylar Toshkent shahriga sayohat qildi.

Nuroniylar Toshkent shahriga sayohat qildi.

06 май 2023 йил
269
0

 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keksalarning hayoti darajasini oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.                                             

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Tumanimizning mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari, nuroniylar jamg‘armasi tomonidan keksa avlod vakillarining yurtimizdagi tarixiy maskanlarga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida mehnati bilan koʻpchilikka ibrat boʻlgan, bugun keksalik gashtini surayotgan hamda moʻl-koʻlchilik yaratish maqsadida gʻayrat koʻrsatayotgan nuroniylar tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilishdi.

 

Ma’lumot o‘rnida birgina – tumanimizda 2022-yilda 400 nafardan ortiq nuroniylar jannatmakon yurtimizning so‘lim qadamjolariga yani Toshkent, Buxoro, Xiva, Navoiy, Shahrisabz, Samarqand shaharlariga sayohatga borib keldi, – deydi tumani nuroniylar jamg‘armasi raisi Shamsiddin Narmuhammadov. – Ayni chog‘da tumanimiz nuroniylarining navbatdagi sayohat maskani Toshkent shahridagi me’moriy yodgorlik bo’lmish “Hazrati imom” majmuasiga shu bilan birgalikda “G‘alaba bog‘i” maydoniga va sayohatning so’ngida “Zangi ota” ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi. Oqsoqollar sayohat mobaynida katta oʻzgarishlarning guvohi boʻldilar. Ayniqsa, yangi barpo etilgan “G‘alaba bog’i” yodgorlik majmuasidagi markaziy hiyobon, temir yo‘l vagzali, amfiteatr va boshqa koʻplab inshootlarni hayrat bilan tomosha qilishdi. Ularni markazning nomlanishi ham qiziqtirdi. Uning “G‘alaba bog’i” deb atalishida chuqur maʼno bor ekan. Bu yerda oʻsha davrga oid tarixiy manzaralar aks ettirilgan.

“Ushbu bog‘ xalqimizning Buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradi, otalarimiz va bobolarimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligini abadiylashtiradi, ularning ibratli jasorati va matonatiga bo‘lgan katta hurmatimizdan dalolat beradi”. Bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, misoli muzey ichida jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash punktlari aks ettirilgan noyob muzey bor. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi noyob harbiy qurollarning ko‘rgazmasi ham taqdim etilgan.

 Tumanimizning nuroniy otaxon va onaxonlari yangi sayyohlik markazi va shahardagi boshqa muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar aytib, mamlakatimizda "Inson qadrini ulug‘lash" maqsadida amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdorliklarini bildirib, yurtimiz tinchligi va turmushimiz farovonligini Yaratgandan so‘rab duolar qilishdi. Gap faqat sayohatda emas, avvalo, nuroniylarimizning vaqtini mazmunli o‘tkazish, qolaversa, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ularni yaqindan tanishtirishda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303