Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman Sanitariya-Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi bo’limining 2023-yil 6 oy davomidagi faoliyati

Paxtakor tuman Sanitariya-Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi bo’limining 2023-yil 6 oy davomidagi faoliyati

26 июль 2023 йил
155
0

 Paxtakor tuman Sanitariya Epidemiologik Osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi Bo’limi Toshkent MFY Zulfiya ko’chasi 1-uyda joylashgan. 1965 yillar davomida xomaki loyixa asosida kurilgan bir kavatli binolarda joylashgan bulib, uning xozirgi shtat birligi 46,5 ni, ishlayotgan jismoniy shaxslar soni 44 nafarni tashkil qiladi. Shundan 15,25 vrach shtat birligida 10 nafar vrachlar, 17,5 o’rta tibbiyot xodimlari shtat birligida 18 nafar o’rta tibbiyot xodimlari, 3,0 kichik tibbiyot xodimlari shtat birligida 5 nafar kichik tibbiyot xodimlari, 11,0 boshka toifadagi shtat birligida 12 nafar xodimdan iborat.

Sanitariya bo’limi tomonidan 2023-yil 6 oy maboynida o’tkazilgan profilaktik tadbirlar jaroyonida jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy amaliyotga oid 30 ta choralar qo’llanildi, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga nokonuniy aralashuv xolatlari qayd etilmadi. Tuman sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlaridan 5 nafari ho’jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirishlar o’tkazish huquqini berish bo’yicha belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkazildi.

2023-yil 6 oyi davomida jami 17 ta tekshirishlar o’tkazildi. Shundan 16 tasi byudjet va 1 tasi tadbirkorlik subyektlari. Paxtakor tumani hududidagi Bolalar va o’smirlar obyektlarida 11 ta tekshirish o’tkazilib 23 ta xodim 26 040 000 so’m jarimaga tortildi. To’liq 18 150 000 so’m undirildi. 1 ta oziq-ovqat obyektlarida tekshirishlar o’tkazilib 1 tasi sud organlariga yuborildi va tegishli ko’rsatmalar berildi. 12 ta Davolash Profilaktika muassasalarida 5 ta tekshirish o’tkazilib 7 ta xodim 5 940 000 so’m jarimaga tortildi va to’liq 3 630 000 so’m undirildi.

Joylarda o’tkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida axoli tomonidan uy sharoitida tayyorlangan 15 ta 3 litr sig’imli, 11 ta 2 litr sig’imdagi shisha idishlardagi sifati va xavfsizligi gumon qilingan konserva maxsulotlari to’kib ko’mib tashlash yo’li bilan joylarda yo’q qilindi. Axoli iste’moliga tarqatilayotgan ichimlik suvidan 210 ta namuna bakteriologik tekshirildi. 160 ta namuna sanitariya kimyoviy kursatgichlarga tekshirildi. Shuningdek 60 ta atrof muhit namunalari (tuprok, ochiq suv xavzalari suvidan) olinib, ular xam sanitariya bakteriologik ko’rsatgichlarga tekshirilgan bo’lib ulardan musbat natijalar aniqlanmagan.

Epidemiologiya va immunoprofilaktika  bo‘limi Tuman SEO va JSB tumanda jami 72563 nafar aholiga yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

SHundan:    1 yoshgacha                             - 1243

                    0-2 yoshlilar                      - 3495

                    3-6 yoshlilar                      - 3893

                    7-14 yoshlilar                    - 6848

                    0-14 yoshlilar                    - 14236

                   15 yosh va undan kattalar  - 44124  

2023 yil 6 oyi davomida tumanda ich terlama, paratif, kasalliklari ro‘yxatga olinmadi.

Salmonellez bilan kasallanish o‘tgan 2022 yil 6 oyiga nisbatan abs ko‘rsatkich 1, intensiv ko‘rsatkich 1,2. 2023 yil abs ko‘rsatkich 1 int ko‘rsatkich 1,4. Ko‘paymagan.  Bakterial dezinteriya 2022 yil abs 3,0 int 3,6. 2023 yil abs 5, int 7,0. 2taga ko‘paygan. O‘YUIK 2022 yil abs 8, int 9,6. 2023 yilda abs 1, int 1,4. 7taga kamaygan. VGA 2022 yil abs 3, int 3,6. 2023 yil abs 10, int 14,0. taga 7 taga ko‘paygan. Qo‘tir 2022 yil abs 1, int 1,2. 2023 yil abs 5, int 7,0. 4taga ko‘paygan. Trixofitiya  2022 yil abs 4, int 4.8. 2023 yil abs 5 int 7,0. 1taga kupaygan. Gonoriya  2022 yil abs 0, int 0. 2023 yil abs 0, int Sifilis 2022 yil abs 3, int 3,6. 2023 yil abs 0, int 0. Tuberkulyoz 2022 yil abs 7, int 8,4. 2023 yil abs 5, int 7,0. 2taga kamaygan. O‘RVI 2022 yil abs 201, int 241,2. 2023 yil abs 160, int 224,0.41taga kamaygan. Brutsellyoz 2022 yil abs 0, int 0. 2023 yil abs 2, int 2,8.  2taga ko‘paygan. Entrobioz 2022 yil abs 179, int 214,8. 2023 yil abs 180, int 252,0 1taga ko‘paygan. Geminolepidoz 2022 yil abs 135, int 162,0. 2023 yil abs 114, int 159,6. 21taga kamaygan. Leshmanilioz 2022 yil va 2023 yilda qayd etilmadi. Jami 2022 yil  6 oyida abs 545, int 654,0. 2023 yil 6 oyida  abs 486, int 680,4. 59taga kamaygan.

2023 yil 6 oyida it tishlashidan jabrlanishlar bo‘yicha epidemiologik vaziyatning barqarorligi saqlab qolindi, o‘tgan davrda 78 nafar it tishlashidan jabrlanishlar ro‘yxatga olinib intensiv ko‘rsatkich 109.2 ni tashkil qildi.

Tumanimizda ro‘yxatga olinayotgan yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlar amaldagi qarorlar, buyruqlar San Q va Mlar va qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.

Aholi o‘rtasida kunlik hovlima-hovli tibbiy kuzatuvlar vaqtida O‘tkir diareya kasalliklarini oldini olish bo‘yicha sanitariya targ‘ibot ishlari kuchaytirildi, xususan aholiga  ichimlik suvi sifatida qaynatilgan suvdan foydalanishni keng targ‘ibot qilib borilmoqda. O‘tkir diareya kasalligi profilaktikasi bo‘yicha 1265 ta suhbatlar, 14 ta ma’ruzalar  o‘tkazildi.

Virusli gepatit kasalliklarini oldini olish maqsadida tuman bo‘yicha xamda kasallik ko‘p qayd qilingan Bog‘ishamol va Buyuk ipak yo‘li QFYlarda tuman SEO va JSB xodimlari tomonidan targ‘ibot ishlari kuchaytirildi. Tuman bo‘yicha virusli gepatit kasalliklari bo‘yicha 3624  ta suxbatlar, 2ta ma’ruza o‘tkazilib, aholi o‘rtasida kasallik bo‘yicha 1200 ta eslatmalar tarqatildi. Virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi  960 ta profilaktik emlashlar o‘tkazildi.

Gripp kasalligini oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida 4862ta suxbatlar, kasallikka qarshi  ta profilaktik emlashlar o‘tkazildi, tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha 830ta, teri tanosil kasalliklari bo‘yicha 620 ta suxbatlar o‘tkazildi.  

Boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik emlashlar natijasida difteriya, poliomielit, qoqshol, ko‘kyo‘tal, qizamiq, virusli gepatit V kabi kasalliklar ro‘yxatga olinmadi.

Profilaktik emlashlarning (Immunoproflaktika) 2023-yil 6 oy davomida bajarilishi.

 

Emlash turlari

Reja

Bajaril.

%

1

Silga qarshi emlash chaqaloqlar

173

173

100

2

Virusli V ga em. CHaqaloqlarga

173

173

100

3

Poliomelitga qarshi emlash

1234

1198

97.1

4

Poliomelitga karshi kayta emlash

1225

1202

98.1

 

SHundan : 16 oyliklar

1253

1246

99.4

 

7 yoshliklar

1091

1084

99.3

5

Difteriyaga karshi emlash

1238

1193

96.4

6

Difteriyaga karshi qayta emlash jami

1222

1199

98.1

 

SHundan : 16 oyliklar

1242

1228

98.8

 

7 yoshliklar

 

 

 

 

16 yoshliklar

 

 

 

7

 Ko‘kyo‘talga qarshi emlash

1039

1015

97,7

8

Ko‘kyo‘talga qarshi qayta emlash

 

 

 

9

Qoqsholga qarshi emlash

1091

1084

99,3

10

Qoqsholga qarshi qayta emlash

 

 

 

11

KPK bilan emlash

1227

1194

97,3

12

KPK-2  6 yoshda

1357

1357

100

13

 Qizamiq  vaks. bilan emlash

1039

1015

97.7

14

Rota virusli infeksiyaga qarshi emlash

1510

1507

99.8

15

PKV bilan emlash

1227

1194

97.3

16

IPV bilan emlash

1538

1531

99,5

17

VPCH jami

394

394

100

18

VPCH-1

 

 

 

19

VPCH-2

 

 

 

2023 yil 6 oyi davomida vaksinalar ta’minoti bo‘yicha uzilishlar bo‘lmadi. 2023 yil 6 oy davomida quyidagi vaksinalar ishlatildi.

  1. Poliomelit vaksinasi - 4730  doza
  2. BSJ   -   173   doza
  3. Gepatit vaksinasi - 173   doza
  4. AKDS vaksinasi -   1084   doza

6.Pentavalentli vaksina          3626  doza

7.KPK vaksinasi                       2372  doza

  1. 8. Rota vaksina -4590 doza
  2. 9. PKV vaksina 3372  doza
  3. 10. SA -   110  doza

12.Vakreybiz                            -0  komplekt

  1. Verokletka -35 komplekt
  2. IPV -  230  doza
  3. AIG - 15 fl
  4. Qizamiq vaksinasi - 2372 doza ishlatildi.

Profilaktik emlash ishlari o‘tkazish uchun 2023-yil  6 oyi davomida  jami 13745 dona  1 martalik shpritslar ishlatildi.

SHundan: gumanitar yo‘l bilan               -   3825 ta

                           DPMlar tomonidan        -     9450 ta

Vaksinalarni eritish uchun -    470ta

2023-yil 1chi iyul oyi  xolatiga tuman DPMlarida quyidagi vaksinalar qoldiqda qolgan:

  1. Poliomelit vaksinasi -   50  doza
  2. BSJ - 200   doza
  3. Gepatit vaksinasi - 150  doza
  4. AKDS vaksinasi -    50  doza

6.Pentavalentli vaksina      -   15  doza

7.KPK vaksinasi                       0   doza

  1. 8. Rota vaksina -   0    doza
  2. 9. PKV vaksina 30 doza        
  3. SA -   30 doza
  4. Verokletka  -    120 komplekt

12 Vakreybiz                             0 komplekt

13 AIG                                          3 fl.

14 IPV                                          48 doza

2023-yil 6 oyi davomida profilaktik emlashlar bilan emlanishi lozim bo‘lganlar jami 22246 nafar. SHundan 22217 nafar 99,8% bolalar emlashlar bilan qamrab olindi.   SHpritslar bilan emlanishi lozim bo‘lganlar 15433 nafar bo‘lib, ulardan 15404 nafari ya’ni 99.8.%i emlashlar bilan qamrab olinib,  ularga 15256 ta shprits sarflandi. Emlanishi lozim bo‘lganlar bir martalik shpritslar bilan 100,0% ta’minlandilar.   Jami tuman bo‘yicha щpritslar sarfi 0.3% ni tashkil qildi. 58 nafar emlanishi lozim bo‘lgan bolalarga kasalliklari sababli tibbiy cheklovlar qo‘yildi. SHundan BSJga 2 ta, VGVga 5 ta,   Rota vaksinaga 51ta,  tibbiy cheklovlar qo‘yildi. Barcha tibbiy cheklovlar olgan bolalar dispanser nazoratiga olinib, sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda BSJga 2 ta, VGVga 5 ta,  Rota vaksinaga 51 ta  tibbiy cheklovlar olgan bolalar dispanser nazoratida qolgan.

2023-yilning 6 oyi mobaynida  162 ta  yoqish kutilari gumanitar yo‘l bilan olib kelindi va ishlatildi.

O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2015-yil 27-yanvardagi “Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini tashkil etish va o‘tkazish haqida”gi  №36-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda emlashdan keyingi reaksiyalar va asoratlar kuzatuv ostiga olindi. 2023 yil 6 oyi davomida tumanda emlashdan keyingi asoratlar qayd qilinmadi

Yuqumli kasalliklarga qarshi  profilaktik chora-tadbirlar qarorlar, buyruqlar, San Q va Mlar asosida olib borilmoqda.

2023 yil uchun boshqariladigan yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan va o‘tkazilgan  profilaktik emlashlar oylik xisobotlari tuman xududlari DPMlaridan qabul qilinib, jamlanib viloyat SEO va JSBga o‘z vaqtida topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligining 2015-yil 23-yanvar kunidagi “Respublikada axoli o‘rtasida o‘ta havfli zooantroponoz yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 37-sonli buyruk talablarini bajarish bo‘yicha ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko‘p tarmoqli tuman poliklinikasida ambulator sharoitda yordam ko‘rsatish uchun  antirabik yordam ko‘rsatish xonasi tashkil etilgan. Aholiga antirabik xizmat ko‘rsatish tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli rejali jarrohlik bo‘limida 1 ta xonada  amalga oshirilmoqda, emlash xonasi bo‘lmaganligi sababli profilaktik emlashlar jarroxlik bo‘limi emlash xonasida amalga oshirilmoqda.

Jabrlanuvchilar to‘liq kursni olish uchun  jarrohlik bo‘limida 3 ta o‘rin ajratilgan 2023-yil  6 oyi mobaynida har-xil hayvonlar tomonidan tan jarohati etkazilgan aholi tomonidan antirabik yordam ko‘rsatish uchun 35ta murojaat bo‘lgan. Ularning barchasi 100% vaksinatsiya ishlari bilan qamrab olingan. Vaksinalarni saqlash uchun maishiy muzlatgich bilan ta’minlangan, haroratni qayd etish jurnali yuritilgan;

2023-yil   6 oyi davomida jarohat olganlarning 35  nafari, ya’ni 100,0 %i itlardan jabrlangan.

2023-yil  6 oyi davomida ro‘yxatga olingan 35 nafar jabrlanganlarning barchasi quturishga qarshi emlashlar bilan qamrab olindi. SHartli kurs bilan 15 nafar, shartsiz to‘liq kurs bilan 15 nafar jabrlanganlar emlandilar.

Ushbu murojaat etgan fuqarolarga quturish kasalligiga qarshi davolash profilaktik emlash kurslarini o‘tkazish uchun 2023-yil 6 oyi mobaynida 144 komplekt qutirishga qarshi vaksinalar olib kelinib, 24 dozasi  ishlatilgan. 2023 yil 6 oyiga 120 doza vaksina qoldig‘i mavjud.  Kasallik tarixlari va 045/u kartalar yuritilgan.

Tuman SEO va JSB xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida qutirish kasalligini oldini olish bo‘yicha sanitariya targ‘ibot ishlari kuchaytirildi. 2023-yil 6 oyida  tuman aholisi o‘rtasida 22 ta ma’ruza, 8512 ta suhbatlar, DPMlarda 6 ta devoriy gazetalar, 8421 ta qutirish kasalligi to‘g‘risidagi eslatmalarning tarqatilishi tuman SEO va JSB xodimlari tomonidan tashkil qilindi. Tuman obodonlashtirish bo‘limi tomonidan 368 ta daydi itlar tutilib yo‘qotildi. Tuman veterinariya markazi tomonidan uy xayvonlari o‘rtasida qutirish kasalligini oldini olish maqsadida 2126 ta profilaktik emlashlar o‘tkazildi.

- Aholi o‘rtasida kunlik hovlima-hovli tibbiy kuzatuvlar vaqtida O‘tkir diareya kasalliklarini oldini olish bo‘yicha sanitariya targ‘ibot ishlari kuchaytirildi, xususan aholiga  ichimlik suvi sifatida qaynatilgan suvdan foydalanishni keng targ‘ibot qilib borilmoqda. Hamda vabo kasalligi profilaktikasi bo‘yicha 12 ta ma’ruzalar 757 ta suhbatlar o‘tkazildi.235 eslatma.

-Paxtakor tumanida o‘lat, kuydirgi kasalliklari qayd etilmagan.Tuman tibbiyot xodimlarini ushbu kasalliklar bo‘yicha hushyorliklarini oshirish maqsadida seminar va yig‘ilishlar o‘tkazildi. Aholi o‘rtasida o‘lat, kuydirgi kasalliklari bo‘yicha suhbatlar orqali tushuntirish ishlari olib borildi. O‘lat kasalligi profilaktikasi bo‘yicha 12 ta ma’ruzalar, 757 ta suhbatlar o‘tkazildi. 757 ta eslatma. Kuydirgi kasalligi profilaktikasi bo‘yicha 12 ta ma’ruzalar, 937 suhbatlar o‘tkazildi va 315 ta eslatmalar tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi SSVning 650-sonli buyrug‘iga asosan tumanda brutsellyoz kasalligiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2023-yil           6 oyida  tuman bo‘yicha brutsellyoz kasalligi bilan bemorlar ro‘yxatga olinmadi.Aholi o‘rtasida brutsellyoz kasalligining profilaktikasi bo‘yicha tuman tibbiyot xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda. 2023-yil 6 oyi mobaynida brutsellyoz kasalligi profilaktikasi bo‘yicha 12ta ma’ruzalar, 937ta suhbatlar o‘tkazildi va 315 ta eslatmalar tarqatildi.

  YUqumli kasalliklarga qarshi  profilaktik chora-tadbirlar qarorlar, buyruqlar, San Q va M lar asosida olib borilmoqda.

Bakteriologiya laboratoriyasi Tekshirishlar davomida tashqi muhit ob’ektlaridan zararsizlantirish rejimi sifatini aniqlash maqsadida 1340 ta surtma namunalari olinib, bakteriologik tekshirishlar o‘tkazildi. Tekshirishlar natijasida 36 ta musbat  natijalar aniqlandi.

Jami bakteriologik tekshirishlar soni 8749  ta bo‘lib, shundan diagnostik tekshirishlar soni 642 ta, epiidemiologik ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar soni 131 tani tashkil qiladi. Profilaktik tekshirishlar  soni 1251 ta,   sanitariya-bakteriologik tekshirishlar soni 6725 ta. Ob’ektlarda zararsizlantirish qoidalariga amal qilish sifatini aniqlash maqsadida davolash  profilaktik muassasalardan 1320 ta surtma namunasi olinib, shundan 362 ta ichak tayoqchasi guruhiga mansub bakteriyalar aniqlangan. Havo namunasi DPMlardan 16 ta tekshirilib, ulardan musbat natija aniqlanmadi. Mutloq tozalikka 121 ta namuna bakteriologik tekshirilgan bo‘lib, shundan  3 ta namunada mutloq toza emasligi  aniqlandi.

Ichimlik  suvidan bakteriologik tekshirish uchun 500 ta namuna olingan bo‘lib, 243 ta 3,7% talabga javob bermaydi. Oziq–ovqat namunalari  97 ta tekshirilib, shundan 3 ta talabga javob bermaslari aniqlangan. 

Barcha o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi namunalarni olib kelgan ma’sul shaxslarga  kerakli chora –tadbirlar o‘tkazish uchun o‘z vaqtida berilgan.

Parazitologiya bo‘limi tumandagi jami  72376 nafar   axoliga, shundan 14 yoshgacha 23257 nafar  bolalarga gijja kasalligini aniqlashda tibbiy xizmat ko‘rsatib, aniqlangan kasallarni degel’mentizatsiya o‘tkazishni nazorat qilib boradi. Tumanda jami  maktab o‘quvchilari 6315 nafar, bog‘cha tarbiyalanuvchilari 3443 nafarni tashkil etib , 2023 yil 6 oyda   reja bo‘yicha  19 ta maktabdan 12 tasi  va   14 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridan 9 tasi parazitar kasalliklarga  tekshirib chiqildi. Parazitologiya laboratoriyasi  o‘z ish faoliyatini yil boshida tuzilgan ish rejasi,  oylik rejalar bo‘yicha olib borildi. Undan tashqari SSVning 25.03.2015 yil № 121- sonli buyrug‘i, O‘zRespublikasi SSVning 22.08.2017 yil №473-sonli  xamda viloyat SSBning 17.10.2017 yil №225-sonli buyruqlari asosida ish yuritildi. Parazitologiya laboratoriyasida ambulator,  oziq-ovqat ta’minoti va ularga teng aholi, uyushmagan, xarbiy chaqiruvchilar va maktab, bog‘cha tarbiyalanuvchilarni aniqlash va uni davolash ishlarini bajarilishini nazoratini olib boradi.

O‘tgan 2023 yil 6 oyda Parazitologiya laboratoriyasida quyidagi ishlar bajarildi.

Tekshirilgan kontingent

 

Jami tekshir

Bolalar

Aniklandi

Jami

Bolalar

1

Ambulator

438

397

48

39

2

Statsionar

-

-

-

-

3

Oziq-ovqat

52

 

 

 

4

Xarbiy chakiruvchilar

351

 

 

 

5

Davolangan

47

38

26

22

6

Muloqotdagilar

227

198

35

29

7

Uyushmagan

460

426

30

27

8

Maktab 1-4 sinf

3038

3038

102

102

9

B/bogchasi

1269

1269

53

53

 

2023 yil 6 oyda jami

5882

5366

294

272

           

Axoli o‘rtasida parazitar kasalliklarni oshishiga asosiy sabablardan biri axolini sanitariya madaniyatini o‘ta pastligidandir, undan tashqari ota-onalarni o‘z farzandlarini o‘z vaqtida aniqlangan kasalliklarni davolamasdan kelinmoqda.

      O‘tgan 2023 yil 6oyda quyidagi parazitar kasalliklar xisobga olindi.

 

Turlari

2023 6 oylik

2022 yil

Jami

Bolalar

Jami

Bolalar

1

Askarida

-

-

-

-

2

Ostrisa

180

168

318

276

3

Kor.sepen

114

104

230

215

4

Teniarinxoz

-

-

-

-

 

Jami

294

272

548

491

Hozirgi vaqtda aholi o‘rtasida parazitar kasalliklar bilan kasallanish quyidagi ko‘rsatkichda kuzatilmoqda.

Ushbu kasallikning kuzatilishiga asosiy sabab  axolini sanitariya madaniyatini etishmasligi va parazitar  kasalligi bilan davolanishni o‘z vaqtida amalga oshirmasligi tufayli. Muloqotda bo‘lganlar o‘rtasida xam parazitar  kasalligi ko‘payib bormokda.

O‘tgan 2023 6 oylikda   teniarinxoz  kasalligi ro‘yhatga olinmadi. Barcha aniqlangan parazitar kasalliklari poliklinika qoshida tashkil qilingan kunduzgi statsionarda dispanser  hisobda turadi va vaqti- vaqti bilan nazorat qilib turiladi.

O‘tgan 2023 6 oylikda  4855    nafar bolada degel’mentizatsiya o‘tkazilib, shundan enterobioz 180 /168, geminolipidoz 114/104  kasallari davolanib chikkan, lekin davolangan bemorlar  dispanser xisobiga to‘liq olinmagan. Kontrol tekshirishlar 92,3% ga bajarilgan. Davolash ishlari statsionarning kiz kabinet qoshida  tashkil etilgan bo‘lib, To‘raqulova Dilbar tomonidan olib boriladi.

Bezgakka qarshi chora- tadbirlarni bajarilishi.

Paxtakor tumanida oxirgi 10 yil ichida bezgak kasalligi  bilan kasallanish xisobga olinmadi.

Bezgak kasalligini aniqlash maqsadida tana harorati oshgan bemorlardan 187 ta qon na’munalari bezgakga aniqlash maksadida tekshirishdan o‘tkazildi.

 

 

 

Ambulatorya

Statsionar

Tushgan kasal.

SHundan temp.bor

Kasal.

aniklandi

stats.davol.

kasal.

SHundan temp.bor

Anik

landi.

K.T.M.P.

-

-

-

2508

      25

-

T.T.B.

-

-

        -

3471

34

-

Samarqand OSHP

8537

19

        -

-

-

-

№ 19 son OP

13540

      34

    

       -

-

-

-

Navbaxor

OSHP

11844

16

       -

-

-

-

Jami

33921

69

       -

5979

59

-

 

Aholi o‘rtasida bezgak kasalligi aniqlanmadi. Tumanda sholi ekilgan maydon yo’q.

Aholi o‘rtasida teri leyshmaniozi va teniarinxoz  kasalligi aniqlanmadi.

O‘tgan 2023 yil 6 oyda sanitariya ge’mentologiyaga   144 ta analiz namunasi tekshirildi. Shundan: tuproq  9    ta, Sabzavot   112    ta, Ochik suv xavzalari  0  ta, Surtmalar    420  ta, Ichimlik suv  23 ta, Bolalar bog‘chalaridan  420 ta surtma olindi. Shundan  parazitar  kasalliklari urug‘i topilmadi. Barcha bog‘chalarda sanitariya tozalash ishlari o‘tkazildi.

Zararsizlantirish  bo‘limiga 2023-yil  6 oyi davomida yuqumli  kasalliklar o‘choqlaridan tushgan jami buyurtmalar soni  151 tani tashkil etadi.   Zararsizlantirish ishlariga jami faolligi 65.0% li bo‘lgan 148  kg gipoxlorid kalsiy ishlatildi. Kasallik o‘choqlarini zararsizlantirish uchun Neogen super 570 ml va  preparati ishlatildi.

Jami buyurtma 151 nafarini shundan maktab o‘quvchilari 9 nafar, bog‘cha tarbiyalanuvchisi 8 nafar.  Gumon qilingan kasalliklar qayd qilingan maktablar va bolalar bog‘chalarida bo‘lim tamonidan nazorat o‘tkazilib, 100% zararsizlantirish ishlari olib borilgan.

Zararsizlantirish ishlari sifatini aniqlash uchun DPM bo‘limlaridan 660 ta surtmalar va kimyoviy nazorat uchun 26 na’munalari olingan bo‘lib,  musbat natija  aniqlanmagan. Kasalliklar o‘choqlaridar 790ta surtmalar, 79ta suv na’munalari patfloraga tekshirish uchun olindi. Musbat natijalar aniqlanmadi. Tekshirish natijalari xulosasiga ko‘ra DPM, bog‘cha va maktablar hamshiralariga kerakli  tavsiyalar  berilgan.

Virusli  gepatit kasalligiga   jami bo‘lib, 68 ta buyurtma tushdi  va 68 tasi 100.0% ga namlash usulida zararsizlantirildi, buyurtmaning   9 tasi maktabdan, 8 tasi bolalar bog‘chalaridan bo‘lib 100% zararsizlantirildi. Faolligi 65.0%li bo‘lgan 27,2 kg gipoxlorid kalsiy  preparati ishlatildi.

2.Tuberkulyoz  kasalligiga gumon qilinib 7 ta buyurtma tushdi. 100% zararsizlantirildi. Ishlatilgan dez modda gipoxlorid kalsiy 4,0 kg, Neogen super 60,0ml  preparati ishlatildi.

3.O‘tkir diareya kasalligiga gumon qilinib jami 54 ta buyurtma kelib  tushgan  shundan 54 tasi 100.0% ga namlash usulida zararsizlantirildi.  Ishlatilgan dez modda: gipoxlorid kalsiy 32,8 kg preparati ishlatildi.

4.Trixofitiya kasalligiga gumon qilinib jami 7 ta buyurtma kelib  tushgan  shundan 7 tasi 100.0% ga namlash usulida zararsizlantirildi.  Ishlatilgan dez modda gipoxlorid kalsiy 3,0 k.g Neogen super 60,0ml  preparati ishlatildi.

  1. Qo‘tir kasalligiga gumon qilinib jami 9 ta buyurtma kelib tushgan shundan 9 tasi 100.0% ga namlash usulida zararsizlantirildi.  Ishlatilgan dez modda gipoxlorid kalsiy 2,0 kg. Neogen super 140ml  preparati ishlatildi.
  2. Dezinteriya kasalligiga gumon qilinib jami 3 ta buyurtma kelib tushgan shundan 3 tasi 100.0% ga namlash usulida zararsizlantirildi.  Ishlatilgan dez modda gipoxlorid kalsiy 3,0 kg.

 

 

 

Paxtakor tuman

SEO va JSB boshlig’i:                                                                           Sh.A.Meliboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар