Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning bayram tabrigi

Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovichning bayram tabrigi

31 август 2023 йил
129
0

 Аssalomu alaykum hurmatli mehmonlar!

Bugungi ulugʼ bayramimiz qatnashchilari!
Аvvalo Siz azizlarni, sizlar orqali barcha hamyurtlarimizni eng ulugʼ va eng aziz bayramimiz - Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik ayyomi bilan chin dildan samimiy tabriklayman.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni yuqori saviyada oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qaroriga koʼra “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tantanasiga XUSh KELIBSIZLАR.Bugun Paxtakor ahli, davlatimiz rahbari belgilab bergan siyosatni toʼliq qoʼllab-quvvatlagan holda Vatan taqdiriga bevosita oʼzi ham daxldor ekanligini his etib, strategik dasturlarni roʼyobga chiqarishda ishtirok etayotganini har bir jabhada koʼrishimiz mumkin.Jumladan, joriy yilning 30 aprelida boʼlib oʼtgan mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – Yangi konstitutsiyani qabul qilish boʼyicha oʼtkazilgan Referendumda va 9 iyul kuni muddatidan ilgari boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida tumanimiz aholisi oʼz xohish-irodasini toʼlaqonli namoyon etdilar. Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan “mahallabay” va “fuqarobay” asosida xalq bilan muloqot qilish va yangi ish oʼrinlari yaratish kabi eng dolzarb masalalar mahallalarda tashkil etilgan beshlikning saʼy-harakatlari bilan muvaffaqiyatli yechim topayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlashim zarur.Buning natijasida, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarni qoʼllab-quvvatlash hamda kambagʼallikdan chiqarish boʼyicha koʼrilgan choralar oʼz natijasini bermoqda.Xususan, “Аyolar daftari”ga kiritilgan 2 ming 521 nafar xotin-qizning 570 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi, 1,5 mlrd. soʼm mablagʼlarning aksariyat qismi, xotin-qizlarning davolanishi, dori-darmon xarajatlarini qoplash, moddiy yordam, uy-joylarini taʼmirlash, uy-joy ijara toʼlovlariga yoʼnaltirildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”dagi 17 ming 389 nafar yoshlardan 780 nafarini bandligi taʼminlandi va 170 nafarini tadbirkorlik va hunarmandlik loyihalarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida 4,5 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratildi.
Qadrli hamyurtlar!
Tumanimiz sportchilarining say-harakatlari natijasida, mehnatlari hisobiga bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda.Jumladan, sportning boks turi boʼyicha Toshkent shahrida boʼlib oʼtgan Jahon chempionatida hamyurtimiz Oybek Joʼraev musobqaning kumush medaliga sazovor boʼldi. Toshkent shahrida dzyudo kurashi boʼyicha Osiyo kubogi uchun boʼlib oʼtgan bellashuvda Rayxona Mamatova - oltin, Sevinch Murodova - kumush hamda Despina Bachkova bronza medalini qoʼlga kiritdi.Belorussiyada oʼtkazilgan 2-MDX oʼyinlarida Rayxona Mamatova muvaffaqiyatli qatnashib, bronza medaliga sazovor boʼldi. Аyni paytda bu sportchi qizimiz dyuzdo boʼyicha Xorvatiya davlatining Zagrep shahrida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.Tumanda joriy yilning 15-18 avgust kunlari Paxtakor tumani “Hokim sovrini” uchun boks boʼyicha Respublika ochiq turniri oʼtkazildi. Musobakada barcha viloyatlardan hamda tumanlaridan 300 nafardan ortiq charm qoʼlqop ustalari bellashdilar. Musobaqa yakuniy natijalariga koʼra umumjamoa hisobida 1-oʼrinni Paxtakor tumani bokschilari qoʼlga kiritdilar.“Yosh qutqaruvchi-2023” koʼrik-tanlovining Respublika bosqichida 2-umumtaʼlim maktabi jamoasi 1-oʼrinni qoʼlga kiritib tumanimiz sharafini munosib himoya qildilar.Yana bir quvonchli xabar Oʼzbekiston Respublikasi mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofatlash toʼgʼrisidagi Farmoniga asosan Oybek Joʼraev “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Аziz hamyurtlar!
Qishloq xoʼjaligi sohasidagi mehnat juda sharafli, masʼuliyatli ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shunga yarasha bu soha bunyodkorlari tomonidan yaratilgan noz-neʼmatlardan boshlab rizq-roʼzimiz boʼlmish gʼalla, pilla va paxta rejalari ham ortigʼi bilan bajarilmoqda.Tumanimiz gʼallakorlari uchun bu yil katta gʼalabalar yili boʼldi. Fermerlarimiz gʼalla topshirish rejasini viloyatda birinchi boʼlib, 16 ish kunida yakunlab davlatga 37,5 ming tonna boshoqli don topshirdilar.
Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari!
Tumanimizda bu yil zamonaviy loyihalar asosida bir qancha bino va inshoatlar qurilib foydalanishga topshirildi.Jumladan, barcha shart-sharoitlarga ega “Dilorom”, “Suvonobod” va “Chamanzor” mahalla markazlari yangidan qurilib foydalanishga topshirilishi aholiga qulayliklar yaratdi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2-maydagi PQ-146-sonli qaroriga asosan 2023 yilda ijtimoiy soha obʼektlarini va mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida - “Dilorom” mahalla fuqarolar yigʼinidagi 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilib mukammal taʼmirlanmoqda.- “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yigʼinidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 7 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilib 150 oʼrinli bino yangidan qurilmoqda.- “Samarqand” mahalla fuqarolar yigʼinidagi sport maktabini rekonstruktsiya qilish uchun 3,5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilib mukammal taʼmirlash ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Respublika byudjetidan 2,5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilib, mahallalarimizda jami 3,5 km ichki yoʼllarga asfalьt yotqizilib foydalanishga topshirildi.Obod mahalla dasturi asosida “Samarqand” va “Oltinkoʼl” mahallalarida ichki yoʼllarning 3,0 kmda asfalt va 2,5 kmda shagʼalllashtirish ishlar olib borilmoqda.
Qadrli hamyurtlar!
Mamlakatimiz mustaqilligini yuqoridagi kabi ulkan yutuqlar bilan kutib olar ekanmiz, Sizlarni yana bir bor eng ulugʼ va eng aziz bayram bilan samimiy tabriklayman!Sizlarni Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor boʼlsin!Goʼzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon boʼlsin! Mustaqillik bayramingiz muborak boʼlsin!

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар