Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Mustaqilligimiz 32 yillik bayrami keng nishonlandi

Paxtakorda Mustaqilligimiz 32 yillik bayrami keng nishonlandi

26 август 2023 йил
165
0

Bugungi kunda mamlakatimizning turli hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi” bayramiga bag‘ishlab bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Paxtakor tumanidagi “Madaniyat markazi”da mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida keng nishonlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan tadbir chinakam xalq sayliga aylandi. Paxtakorlik hunarmand va tadbirkorlar, ta’lim muassasalari o‘zlarining mahsulotlari, qo‘l mehnatlaridan namunalarni namoyish etishdi. Sayldan so‘ng  tadbirning ikkinchi qismi boshlandi.

Musiqiy tadbir O’zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Madhiya ijrosidan so‘ng bayramni Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov Rahmonovich kirish so‘zi bilan ochdi. Asilbek Rahmonovich tadbir ishtirokchilarini va tuman ahlini mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng tadbir senariysidan o‘rin olgan turli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari, maktab o‘quvchilari va MTT tarbiyalanuvchilari, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan elimiz suygan taniqli estrada yulduzi xonanda SARDOR TOIROV hamda Hulkar Abdullayeva ishtirok etishib, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni xushnud etishdi. Bayramona kayfiyatdagi tumanimiz aholisi ushbu jozibador kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, madaniy xordiq chiqardilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар