Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Muvaffaqiyatga erishgan “WORLD TRADING COMPANY” MCHJ QK rahbari fuqarolar bilan PRESS-TUR tashkil etildi

Muvaffaqiyatga erishgan “WORLD TRADING COMPANY” MCHJ QK rahbari fuqarolar bilan PRESS-TUR tashkil etildi

08 сентябрь 2023 йил
212
0

 Hayotda aniq maqsadlar bilan yashagan kishi muoffaqiyatga erishadi. Yorqin kelajakka undovchi va kishini ruhlantiruvchi mana shunday qimmatli maslahatlar tuman hokimligining ma’sul hodimlari va tumandagi yirik tadbirkorlik sub'yektlaridan biri bo’lgan “WORLD TRADING COMPANY” MCHJ QKning ta’sischisi, Ibragimov Zayniddin Maxkamovich ishtirokida tashkil etilgan tadbirkor va tuman aholisi uchrashuvi, o’z tadbirkorligini yo’lga qo’ymoqchi bo’lganlarga katta hissa qoʻshdi.  “Avtomobillar uchun antifriz, havo filtrlari, yuqori voltli simlar ishlab chiqarish va motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi. Loyihaning umumiy qiymati 5 mln 145 ming AQSh dollar bo‘lib, shundan o‘z mablag‘i 1 mln AQSh dollar, xorijiy investisiya 4 mln 145 ming AQSh dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 4,5 ming tonna antifriz, 150 ming komplekt svicha provada, 200 ming dona xavo filtri, 5 ming tonna motor moyi. Loyihaning 1-bosqichi 2020 yil 29 mayda foydalanishga qabul qilingan. Loyiha doirasida 100 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 116 nafar ish o‘rni yaratilgan. Hozirgi kunda avtomobillar uchun antifriz, xavo filtrlari hamda yuqori voltli sim mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, motor moyini ishlab chiqarishi liniyasi uskunalarini o‘rnatish ishlari yakunlanib, ish faoliyatiga tayyorlash maqsadida sinovdan o‘tqazilmoqda. Mazkur loyiha 2023 yil yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. (Xorijiy xamkorlari Litva, Rossiya “BALTIJOS TRANZITO CENTRAS”, SLON-AVTO) Xozirgi kunda Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan biz tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan toʼliq foydalanib, biznesni rivojlantirishimiz bizning burchimiz va vazifamiz deb xisobliman va bundanda koʼproq natijalarga erishib davlatimiz rivojiga xissa qoʼshish maqsadimiz ekanligini bildiraman.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tamonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар