Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorlik tadbirkorlarning navbatdagi aholi bilan muloqoti PRESS-TUR holatda tashkil etildi

Paxtakorlik tadbirkorlarning navbatdagi aholi bilan muloqoti PRESS-TUR holatda tashkil etildi

08 сентябрь 2023 йил
183
0

 Bugun “motivatsiya” deb atayotganimiz, aslida, biz uchun yangilik emas. Xalqimizda ustozlardan ruhlanish, o‘zgalar yutug‘idan shijoat olishga chorlovchi qanchadan-qancha hikmatlar bor. Qovunning qovundan rang olishi, kimlar bilan yurishimizga qarab ertaga qanday inson bo‘lishimizni eslatuvchi maqollar bejiz yaralmagan.

     So‘nggi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ularga raqamli iqtisodiyot borasida zaruriy sharoitlarni yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan insonlarning yoshlar bilan uchrashib, o‘z tajribalarini o‘rtoqlashayotgani zamirida ham yaxshi niyat mujassam. Niyatki – ertamiz egalari safida tashabbuskor va izlanuvchanlar soni ortsin. Xususan, Paxtakor tumanida. “PAXTAKOR TEKS” МCHJ QKning rahbari  Abdurahmonov Ilhomjon Tursunovich tadbirkorlar va tumandagi mahalla faollari bilan ochiq muloqoti oʼtkazdi. Oʼtkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlar va tadbirkorlikka kirib kelayotgan yoshlar ham ishtirok etishdi. Maskur korxona 2018 yil 30 dekabrda ishga tushirilgan bo’lib, hozirgi kunda 595 nafar ish o’rni yaratilgan. Korxonaning yillik eksport prognozi 15 mln. AQSH dollor bo’lib, hozirgi kunda 9 mln 500 ming AQSH dollarlik eksport amalga oshirilmoqda. Korxona tomonidan loyihaning 2-bosqichi doirasida umumiy qiymati 18,5 mln. evro, shundan o’z mablag’i 6,2 mln. evro, bank kredit liniyasi 12,3 mln.evro bo’lgan “To’quv, bo’yoq va tikuv” loyihasini amalga oshirilishi hamda 800 nafar yangi ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan. Maskur loyiha 2024 yilning 1-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu korxona 10 dan oshiq davlatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. – Davlat biz, tadbirkorlarning faoliyatimiz kengayishini istab turganini his qilib turibmiz, – deydi korxona rahbari Ilhomjon Abdurahmonov. – Bu ishbilarmonga katta motivatsiya beradi. Uchrashuvda tadbirkorlarga berilgan soliq imtiyozlari, yengilliklari ularga yaratilayotgan shart-sharoit hamda imkoniyatlar haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.

Uchrashuvda yoshlar, sohaga endi kirib kelayotganlar tadbirkorlik yo‘nalishida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Tadbirda "Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish" aktsiyadorlik jamiyati Jizzax viloyati xududiy vakili Farxod Murodov ham ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda ketayotgan xususiylashtirish jarayonida tadbirkor va fuqarolarga davlat tomonidan e-auksion.uz savdo platformasida savdo va tanlovlarda qoʼyilgan 24 dan ortiq turdagi mulk turlarini olib, tadbirkolik faoliyatini olib borish imkoniyatlari xaqida tushuntirish olib borildi. Jumladan Paxtakor tumanida bugungi kunda savdo platformasida turgan 700 dan ortiq mulklar haqida maʼlumot berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda “Yoshlar oyligi” davom etmoqda.
17 июнь 2023, Суббота
Paxtakorda “Yoshlar oyligi” davom etmoqda.
Paxtakorda harbiy vatanparvarlik festivali o'tkazildi
12 июнь 2023, Понедельник
Paxtakorda harbiy vatanparvarlik festivali o'tkazildi
Navbatdagi sayyor qabul Paxtakor tumanida bo’lib o’tdi
30 август 2022, Вторник
Navbatdagi sayyor qabul Paxtakor tumanida bo’lib o’tdi
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
27 апрель 2022, Среда
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар