Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » "Olmazor" mahallasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish boʼyicha targʼibot ishlari olib borildi

"Olmazor" mahallasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish boʼyicha targʼibot ishlari olib borildi

19 сентябрь 2023 йил
211
0

 Paxtakor tumanining "Olmazor" mahallasida "Obod xonadon, obod koʼcha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish va mahallalarda maʼnaviyatni yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha targʼibot ishlari amalga oshirildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyati boʼlimi rahbari I.Umarova tomonidan, "Olmazor" mahallasi binosiga va tuman tibbiyot birlashmasi binolariga “Maʼnaviy xayot targʼiboti”ga doir koʼrgazma materiallari topshirildi.
Shundan soʼng targʼibot tadbirlari "Olmazor" mahallasi “Qatorbogʼ” koʼchasi 3/2 uyda istiqomat qiluvchi Rasulovlar xonadonida tashkil etildi. Davra suxbatiga mahalladagi jami 18 ta oilaning faol nuroniy, ziyoli, xayot tajribalari katta boʼlgan onaxonlar, buvijonlar taklif etildi.
Jumladan oila mustahkamligi, xonadon obodligi, farzand tarbiyasida masʼuliyat, sogʼlom turmush tarzi, shukuronalik, vatanparvarlik shuningdek yoshlarimizni maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobxonlikning oʼrni va ahamiyati naqadar katta ekanligi haqida fikr va muloxazalar yuritildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyati boʼlimi raxbari targʼibot tadbiriga tuman Oila va xotin-qizlar boʼyicha oʼrinbosari D.Shonazarova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari S.Boysinov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari I.Xoliqovlar ishtirok etishdi.
Targʼibot tadbirlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Olmazorda xotin-qizlarga targ’ibot tadbiri olib borildi
18 сентябрь 2023, Понедельник
Olmazorda xotin-qizlarga targ’ibot tadbiri olib borildi
Obod ko‘cha mahalla fayzi
15 сентябрь 2023, Пятница
Obod ko‘cha mahalla fayzi
Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi
12 сентябрь 2023, Вторник
Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар