Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » YANGI KONSTITUTSIYA ISHONCHLI KELAJAK GAROVI

YANGI KONSTITUTSIYA ISHONCHLI KELAJAK GAROVI

25 сентябрь 2023 йил
147
0

 O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasida hech kim rasmiy e`lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi, hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emasligi belgilab quyilgan (Yangilan Konstitutsiyaning 30-moddasi).

O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizda ijobiy yangilanishlar, fuqarolarga ko’pdan ko’p yangilliklar va ularning huquqlarini izchil himoya qiladigan shu jumladan bir necha yillardan buyon dolzarb muammolardan biri hisoblanib kelayotgan shaxsning intelektual huquqiy daxlsizligini taminlaydi (Yangilan Konstitutsiyaning 31-moddasi). Bugungi yangilanayotgan O’zbekistonda bu moddaning konstitutsiyasiga kiritilishi insonlarning yashash erkinligining kafolatlaridan biri desak adashmagan bo’lamiz. Taniqli fizik olim Albert Eynshteyn “Konstitutsiyaning kuchi butunlay har bir fuqaroning uni himoya qilishga qat’iyat bilan intilishidadir. Konstitutsiyaviy huquqlar har bir fuqaro ushbu himoyaga hissa qo’shishni o’z burchi deb bilsagina himoya qilinadi”, deb Konstitutsiya kuchi haqida o’z fikrlarini bildirgan. Amerikalik huquqshunos, AQSh Oliy sudining uzoq yillar a’zosi bo’lgan Oliver Vendell Xolms “Konstitutsiyalar nazariyalarni qo’llab-quvvatlash uchun emas, balki amaliy va moddiy huquqlarni saqlash uchun mo’ljallangan, deb ta’kidlaydi. Amerikalik huquqshunos va siyosatchi Edvard Mur Kennedi esa “Konstitutsiya nafaqat biz bilan hamohang bo’lgan qarashlarni himoya qiladi, u shuningdek, biz norozi bo’lgan qarashlarni ham himoya qiladi”, deya qiziqarli fikrlarini aytib o’tgan. Akademik, yuridik fanlar doktori, professor A. Saidov “Konstitutsiya muhim siyosiy-huquqiy hujjat sifatida kishilik sivilizatsiyasining yutug’i, umuminsoniy qadriyat va demokratik taraqqiyotning yuridik asosidir”, “Konstitutsiya bu dogma emas, u harakat uchun dastur bo’lishi kerak”, “Konstitutsiya huquqiy bilimlarning alifbosidir”, degan chuqur huquqiy- falsafiy fikrlarni bayon etgan holda, mamlakatimiz Konstitutsiyasini o’rganish va bilish, unga rioya qilish va Asosiy qonunimiz bilan faxrlanishni albatta zarur, deb hisoblaydi.Yangilangan Konstitutsiyaning muqaddimasida Oʼzbekistonning yagona xalqi: inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʼoyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʼshgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʼpaytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, Oʼzbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qoʼshni davlatlar bilan doʼstona munosabatlarini hamkorlik, oʼzaro qoʼllab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, koʼp millatli jonajon Oʼzbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda har bir moddaning qabul qilinishida aholi vakillar mas’ulyat bilan ishtirok etganligini aytib o’tmoqchiman. Xalqimizda “Kengashli to’y tarqamas” degan g’oyat ibratli bir maqol bor. Ijtimoiy hayotimizning qaysi bir jihatiga e’tibor qaratmaylik, mana shu hikmatga amal qilinishini kuzatishimiz mumkin. Qaysi bir joyda ibratli bir ish bo’lsa, u kengashilgan tadbirning natijasi ekaniga guvoh bo’lamiz. Bu bejiz emas, zotan biz ulug’vor o’tmishimizdan shunday saboq olganmiz. Sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida shunday ta’lim beradi: “Davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur... Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin... Har kimdan so’z olib kengash so’rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o’ylab ko’rgach, to’g’ri va savoblirog’ini tanlab olardim”. Bu haqda mashhur nemis tarixchisi F.Shlosser ham shunday ma’lumot beradi: “... sarkarda, hokim va qonunchi sifatida buyuk talant egasi edi. Yolg’onni yomon ko’rar, bilimga muhabbat qo’yishdan mahrum emas edi. Uning manzilida shoirlar, olimlar, mashshoqlar va mistiklar (so’filar) ko’p bo’lardi... u odil sudya, ilm-fan do’sti, birga suhbatlashishni xush ko’radigan, rassomlar va olimlarning homiysi edi”. Bu fikr to’g’ridan-to’g’ri xalqning xohish-irodasini qonunlarda ifoda etish, bayoni uning tomonidan saylangan vakillar orqali bajarilishi lozimligini bildiradi. Shuning uchun ham “Davlatning yagona manbai xalq” degan qoida barcha zamonlarda o’z dolzarbligini saqlab kelgan. Jan Jak Russo: “Qonunga itoat etguvchi xalq uning ijodkori ham bo’lmog’i lozim” deydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir”, deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, suveren Respublikamiz Konstitutsiyasi - inson va fuqaro huquqlarining demokratik xartiyasi bo’lib, u huquqiy va insonparvar davlatni shakllantirishning strategik dasturi vazifasini o’tab kelmoqda. Konstitutsiya - davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish- irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi. U eng taraqqiy topgan, rivojlangan davlatlarning konstitutsiyaviy tajribalariga tayanish bilan birga, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan huquqiy hujjat. Bugun yurtimiz haqida fikr yuritilganda “Yangi O’zbekiston”, “Taraqqiyotning yangi bosqichiga kirib borayotgan mamlakat” kabi sharafbaxsh iboralar ishlatilyapti. Bu qo’lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlarimizning amaliy samarasi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Demak, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil harakatdamiz. Yuksalish esa raqamli iqtisodiyotga o’tish, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, innovatsion g’oyalar va texnologiyalar bilan boyitish, shu bilan birga o’zligimizni, ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, har bir yurtdoshimiz bugun mamlakatimizda barq urib turgan bebaho ne’mat - tinchlik, totuvlik, barqarorlikning qadriga yetishimiz lozim.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudi rasi T.E.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар