Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar ROʼYXАTI

Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar ROʼYXАTI

29 сентябрь 2023 йил
115
0

 1941 — 1945 yillardagi urush va boshqa urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʼtaganda, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi «a» bandida va 28-moddasining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan shartlar va normalarga koʼra pensiya bilan taʼminlanishga haqli urush nogironlari hisoblanadilar.
Quyidagi nogironlar urush nogironlariga tenglashtiriladilar:
a) sobiq SSSR va Oʼzbekiston Respublikasi chegaralarini qoʼriqlash paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha sobiq SSSR hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalьonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan shaxslar;
v) temir yoʼllarning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan, mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obʼektlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda 1941 — 1945 yillardagi urush davrida urush boʼlayotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan xodimlar;
g) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida partizan otryadlari va qoʼshilmalari tarkibida yoki yashirin ishlarda boʼlgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan shaxslar;
d) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan yollangan tarkibdagi shaxslar;
ye) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida fashist kontslagerlarida (getto va zoʼrlik bilan tutib turiladigan boshqa joylarda) boʼlgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan, bolalar);
j) tinchlik oʼrnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek, harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda baynalmilal burchlarini ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish tufayli nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʼlgan shaxslar;
z) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʼlgan shaxslar;
i) oʼquv mashgʼulotlari yoki tekshirish uchun yigʼinlarga chaqirilgan va shu yigʼinlarda oʼz xizmat burchlarini bajarayotib yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy majburiyatli shaxslar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар