Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

29 сентябрь 2023 йил
175
0

 Jizzax viloyati prokurori Islomjon Ergashxodjaev tomonidan Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan "Obod xonadon", "Obod koʼcha" va "Obod mahalla" meʼzonlarini joriy etish boʼyicha Paxtakor tumanining Olmazor mahallasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar oʼrganilib, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri ochiq muloqot qilish, yechimini topmayotgan muammo va takliflarni joyida oʼrganib, ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabul oʼtkazildi.

Sayyor kabulda 25 nafar fuqarolardan ichki yoʼllarni taʼmirlash, kredit va moddiy yordam ajratish, bandlikni taʼminlash hamda boshqa mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Shundan 3 ta murojaat joyida qanoatlantirildi.

Misol uchun, 1 nafar fuqaroning ishga joylashish, shuningdek, 2 nafar fuqaroning koʼchasiga shagʼal toʼshash haqidagi murojaati joyida hal etildi.

Shundan soʼng, masʼul tashkilotlarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish boʼyicha vazifalar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар