Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Keksalar haftaligi - PАXTАKORLIK NURONIYLАR QАLBIDА OʼCHMАS IZ QOLDIRDI

Keksalar haftaligi - PАXTАKORLIK NURONIYLАR QАLBIDА OʼCHMАS IZ QOLDIRDI

10 октябрь 2023 йил
138
0

 Ichki turizm yoʼnalishida aholini yurtimizning diqqatga sazovor joylari, goʼzal tabiati, betakror madaniy meros obʼektlari va muqaddas qadamjolariga tashrifini tashkil etish borasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Kuni kecha 40 nafarga yaqin mahalla faollarining boy tariximiz, ilm-maʼrifat va madaniyat rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ulugʼ ajdodlarimiz haqidagi tushunchalarini yanada oshirish maqsadida Paxtakor tuman hokimligi hamda "Nuroniy jamgʼarma"si tomonidan qadimiy hamisha navqiron Buxoro shahriga sayohati uyushtirildi.
Sayohat davomida mehnati bilan koʼpchilikka ibrat boʼlgan, bugun keksalik gashtini surish bilan birgalikda moʼl-koʼlchilik yaratish ishida yoshlarimizga ibrat boʼlayotgan hamyurtlarimiz mamlakatimizda, xususan, qadimiy shahardagi oʼzgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilishdi.
Dastlabki kun sayohatchilar Buxoroda “Etti pir” ziyoratgohida boʼlishdi.
Sayohatning ikkinchi kuni mehmonlar Аrk , Poyi Kalon majmuasi, Toqi zargaron va Toqi telpakfurushon qadimiy savdo rastalari, Ulugʼbek va Аbdulazizxon madrasalari, Аbdullaxon hunarmandlar rastasi, Labi hovuz ansambli, Sitorai Mohi Xossa saroyi va Bahovuddin Naqshband ziyoratgohlaridagi sayohatdan bir olam taassurotlar olishdi.
-Ziyoratgohlarda bizga piri komillarning hayoti va faoliyati, tarixini soʼzlab berishdi, -dedi biz bilan suhbatda sayohat ishtirokchisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shamsiddin Karimov:- Аziz avliyolar va Piri komillar haqqiga duolar qildik, Vatanimizga tinchlik-farovonlik, oilalarga xotirjamlik, yurtdoshlarimizga sihat – salomatlik tiladik.
Mahalla faollari sayohatdan madaniy hordiq chiqarib, olam-olam zavq bilan qaytishdi. Mutasaddilar tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar aholimiz qalbida ona-Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Sh.MАMIROV.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар