Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida 30 iyul – Xalqaro doʼstlik kuni keng nishonlandi

Paxtakor tumanida 30 iyul – Xalqaro doʼstlik kuni keng nishonlandi

28 июль 2023 йил
236
0

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning parlamentga yoʼllagan Murojaatnomasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro doʼstlik kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olib, ushbu sanani Xalqlar doʼstligi kuni deb belgilash taklif etilgan edi.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning parlamentga yoʼllagan Murojaatnomasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyulь – Xalqaro doʼstlik kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olib, ushbu sanani Xalqlar doʼstligi kuni deb belgilash taklif etilgan edi.Shundan kelib chiqib, parlament tomonidan 30 iyulni «Xalqlar doʼstligi kunini belgilash toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bayram sifatida aynan 30 iyulь taklif qilinganligi bejiz emas, albatta. BMT Bosh Аssambleyasining 2011 yil 3 maydagi 65-sessiyasida qabul qilingan 65/275-sonli rezolyutsiyasida xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar oʼrtasidagi doʼstlik, tinchlikni taʼminlash bilan bogʼliq harakatlarni ilhomlantirish hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar oʼrtasida koʼpriklar oʼrnatish imkoniyatini yaratish maqsadida 30 iyul – Xalqaro doʼstlik kuni sifatida keng nishonlash belgilangan. Mamlakatimizda Xalqlar doʼstligi kunini nishonlashdan asosiy maqsad — turli millat va elatlar oʼrtasidagi doʼstona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan iborat. Ushbu kunda Vatanimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning oʼz urf-odatlari va asriy qadriyatlari yanada eʼzozlanadi, ezgulik, birdamlik, tinchlik va osoyishtalik tarannum etiladi.Bugungi kunda 36 milliondan ortiq aholisi boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasida 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, yonma-yon yashab kelishmoqda. Ular iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va taʼlim, sogʼliqni saqlash, ilm-fan va madaniyat kabi ijtimoiy sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga, uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtibori va imijini oshirishga munosib hissa qoʼshib kelishmoqda.Аytish kerakki, mazkur yoʼnalishdagi islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida butunlay yangicha maʼno-mazmun kasb etib bormoqda. Chunonchi, “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yoʼnalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va tasdiqlangan Davlat dasturining ustuvor yoʼnalishlaridan biri “Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʼrikenglik muhitini mustahkamlash” hisoblanadi. Bugun shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millatlar vakillari oʼrtasida oʼzaro hamjihatlikni, yaqin qoʼshnilarimiz bilan doʼstona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar olib borilayotir.Hozir ham millatlararo totuvlik va dinlararo bagʼrikenglikni mustahkamlash borasida mamlakatimizda bir qator eʼtiborli ishlar amalga oshirilmoqda. Umuman, koʼpmillatli va koʼpmadaniyatli jamiyatni oqilona boshqarish sohasida Oʼzbekiston juda katta tajriba toʼplagan boʼlib, bu borada u dunyodagi qator davlatlar uchun ibrat va namuna boʼla oladi.Xalqlar doʼstligi kuni yurtimizda yashayotgan koʼpmillatli xalqimizning tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlarning ramziy ifodasidir. Аyniqsa, kelajagimiz boʼlmish yoshlarni turli madaniyatlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashda ushbu sananing ahamiyati beqiyosdir. Shunday ekan, bu kunni katta tantana bilan nishonlash, milliy boyligimizni dunyo ahliga ochiq-oydin koʼrsatish, xalqlar oʼrtasidagi doʼstlik ruhini targʼib etish barchamiz uchun ham katta sharaf va ham ulkan masʼuliyat hisoblanadi.«Xalqlar doʼstligi kunini belgilash toʼgʼrisida»gi Qonunda xalqimizga xos bagʼrikenglik va azaliy doʼstlik gʼoyalari ifoda topgan. Bugungi kunda tumanimizda 16 dan ziyod millat va elatlar, xususan 3360 nafardan ortiq qozoq, 3000 nafardan ortiq qirgʼiz, 3050 nafardan ortiq tojik, 710 nafardan ortiq rus, 440 nafardan ortiq tatar va 750 nafardan ortiq boshqa millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda. Oʼzbekistondagi barcha millat hamda elatlarning tarixi, madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlarini asrash hamda har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uygʼunlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim oʼrin tutayotir.Darhaqiqat, mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari yaxlit holda Oʼzbekiston xalqini tashkil etadi. Ular bir-birlari bilan hamjihat boʼlib, yurtimiz ravnaqi yoʼlida sidqidildan mehnat qilmoqdalar. Zero, bagʼrikenglik tinchlikning bosh mezoni boʼlsa, tinchlik yuksak taraqqiyot garovidir.
Eʼtiborlaringiz uchun raxmat! 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар