Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari

Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari

10 октябрь 2023 йил
221
0

 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator oʼzgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini koʼrsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda oʼsishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tugʼdirqmoqda.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator oʼzgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini koʼrsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda oʼsishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tugʼdirqmoqda. Hozirgi vaqtda odam savdosi oʼta murakkab va ijtimoiy xavfli hodisa tusini olgan boʼlib, u tomonidan yetkazilayotgan zararni amalda hisobga olish imkoniyati yoʼqdir. Bu esa turli xil jinoyatlarni sodir etilishiga turtki boʼlib, jamiyatni moddiy texnik, intellektual salohiyatini pasaytiradi, uning genofondini buzadi. Odamlar savdosi - bugungi kunda eng katta muammolardan biri. Uning bozori giyohvandlik vostalari va qurol-yarogʼ savdosidan keyin uchinchi oʼrinni egallaydi. Mazkur turdagi jinoyat natijasida dunyo boʼyicha amalga oshiriladigan yillik aylanma 30 mlrd. АQSh dollardan ortiqni tashkil qiladi. 2003 yilda Oʼzbekiston BMTning 1949 yil 2 dekabrdagi "Odamlar savdosi va foxishabozlikni uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash toʼgʼrisida"gi Konventsiyaga qoʼshildi, 2008 yilda esa odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini oldini olish va bu qilmish uchun jazolash toʼgʼrisidagi, BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʼgʼrisidagi Konventsiyasini toʼldiruvchi Protokolni ratifikatsiya qilgan va shu bilan odamlar savdosini aholiga maʼlumot berish, qurbonlarni himoya qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni qoʼllab quvvatlash va oʼtkazish orqali oldini olish va barham berish majburiyatini oʼz zimmasiga oldi. Uyushgan jinoyatchilik, xususan xalqaro terrorizm, narkobiznes, qurol-aslahalarni noqonuniy sotish bilan bogʼliq oʼta ogʼir jinoyatlar qatorida odam savdosining har qanday koʼrinishlariga qarshi kurash muammosi nafaqat xalqaro huquq, milliy huquq tizimi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muammo umumjahon miqyosda eʼtirof etilib, koʼpgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur oʼrganilayotganligiga qaramasdan, bu borada hozirga qadar yetarlicha umumlashgan maʼlumotlar taqdim etilmagan. 2000 yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining "BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasiga odam savdosi va ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday xatti-harakatlarga nisbatan jazo qoʼllash toʼgʼrisidagi qoʼshimcha Bayonnoma"da "odamlar savdosi" tushunchasi oʼzining rasmiy izohiga ega boʼldi.Bayonnomaga binoan, "odamlar savdosi" eksplutatsiya qilish maqsadida odamlarni kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qoʼrqitib yoxud boshqacha majburlash choralarini qoʼllab yoxud oʼgʼirlab yoki firibgarlik yoʼli bilan yoxud aldash yoki davlat vakolatlarini, tutgan mavqeini suiisteʼmol qilgan holda yoki bir shaxsning nazoratidagi boshqa bir shaxsni sotib olish yoʼli bilan ularni yollash, oʼtkazish, tashish, saqlash yoki ularni olish hisoblandi.Odam savdosi jinoiy faoliyatning oʼta xavfli va tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon boʼladiki, mazkur jinoyat qullikka oʼxshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, insonni "tovar" sifatida sotish, inson omilllaridan foydalanish yoʼli bilan daromad orttirish bilan bogʼliqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.BMT maʼlumotlariga koʼra, har yili dunyoda 2,7 million kishi, jumladan, 600 — 800 ming atrofida ayollar va bolalar odam savdosi qurbonlari boʼlmoqda. Ushbu qabih jinoyat tufayli dunyo boʼyicha yiliga 7 milliard АQSh dollari atrofida pul noqonuniy aylanadi.Odam savdosiga oid noqonuniy harakatlarga qarshi tadbirlar, davlat va jamoat organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbarining ushbu qarori fuqarolarmiz hayoti va salomatligi, shaʼni, qadr-qimmatini jinoyatchilarning tajovuzlaridan himoyalab, inson va uning huquqlari, manfaatlari eng oliy qadriyat, degan ulugʼ gʼoyani roʼyobga chiqarishga qaratilgani bilan diqqatga sazovordir. Odam savdosi qurbonlariga aylangan shaxslarni huquqiy himoyalash, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy-ruhiy jihatdan reabilitatsiya qilish davlatimiz va jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Oʼzbekiston insonparvar demokratik davlat sifatida umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va qoidalarni oʼz milliy huquq tizimiga keng joriy qilish yoʼlini tutmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini qoʼlga kiritgandan soʼng, hayotimizning barcha sohalarida huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʼlgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Аvvalo, bu davrda odam savdosi jinoyatlariga barham berishning huquqiy normativ bazasi shakllantirilgani eʼtiborga loyiqdir. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida ilk bor odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida bunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Shu bilan birga odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan bunday salbiy holatlarga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2008 yilning 17 aprelida «Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Qonunning qabul qilinishi bu jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarga har tomonlama yordam koʼrsatishning choralarini oʼz ichiga oldi. Bu kurashning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan Prezidentimizning «Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori bilan Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi, Milliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuror mazkur nufuzli komissiyaning raisi etib belgilandi.Qonunda bevosita odam savdosi jinoyati tushunchasi, odam savdosiga qarshi kurashishni tashkil etish, odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyati, ayniqsa odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam koʼrsatish masalalari alohida eʼtiborga olingan. Qonunda mazkur jinoyatdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish, mazkur shaxslarga yuridik yordam koʼrsatish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish, ishga joylashtirish, vaqtinchalik turar joy berish masalalari alohida nazarda tutilgan. Qonunning 14-moddasi odam savdosiga qarshi kurashish sohasida halqaro hamkorlikning huquqiy asosini yaratadi.Shuni eʼtiborga olish lozimki, oʼrganib chiqilgan jinoiy ishlar tahliliga koʼra, aksariyat holatlarda jabrlanuvchilar ushbu jinoyatga aldov yoʼli bilan jalb qilinganlar. Yaʼni odam savdosini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan aldov usuli keng qoʼllanilgan. Hozirgi JKning 135-moddasida jinoyatning obʼektiv belgisi sifatida aldov usuli bilan sodir etganlikdagi holati eʼtiborga olinmagan. Lekin mazkur Qonunning 3-moddasida jinoyatni aldov va firibgarlik yoʼllari bilan sodir qilinishi qayd qilingan. Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash borasida odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning huquqiy asosini takomillashtirish; odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati; unga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik; profilaktik xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Odam savdosiga qarshi kurashish qonuniylik, odam savdosi bilan shugʼullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yoʼl qoʼymaslik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy himoyalash kabi printsiplarga asoslanadi. Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2008 yilning 8 iyulida qabul qilingan «Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori bilan esa yuqoridagi qonun normalari amalga yanada samarali tadbiq etilmoqda. Jumladan, amaldagi JKning 135-moddasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilib, uning yangi tahririda odam savdosiga beriladigan jazo shakllari aniq belgilab qoʼyilgan.Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishda aholining bu boradagi bilimlarini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali uning qurbonlari bilan suhbatlar uyushtirish, odam savdosining butun mudhish holatlarini tasvirlab berish ham samarali vositalardir. Butun aholi, ayniqsa, yoshlar ushbu jinoiy qilmishning qurboniga aylanib qolmasliklari uchun ehtiyot boʼlishlari, xorijiy mamlakatlardan taklif etilayotgan har qanday ish, xizmatlarni shaxsan oʼzlari tekshirib koʼrishlari, notanish shaxslarning takliflariga ishonmaslik hamda ularga oʼz hujjatlarini berib qoʼymaslik lozimligini bilishlari kerak. Xulosa oʼrnida taʼkidlash kerakki, odam savdosi jinoyati aksariyat hollarda aldov usuli bilan amalga oshirilayapti. Shu sababli jinoyatlarning oldini olish maqsadida mehnat jamoalarida, mahallalarda profilaktika maqsadida yigʼilishlar oʼtkazish, sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini va ularning oqibatlarini fuqarolarga yetkazib turilishini taʼminlash lozim.


Jizzax viloyat sudining sudyasi А.Homidov

Jinoyat ishlari boʼyicha Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар