Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » OLMAZOR MAHALLASIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI

OLMAZOR MAHALLASIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI

23 октябрь 2023 йил
76
0

 Xalqimiz keksalarni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Oramizda keksa nuroniylar borligining o‘zi ulug‘ ne’mat bo‘lib, ularning pand-u nasihati yoshlarimiz uchun bebaho xazinadir. Ushbu jihatlar inobatga olingan holda Olmazor mahallasi Osmonsoy ko‘chasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuv mehnat faxriysi Jaynoqov Xudayberdi xonadonida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘zaro o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilyapti. Mehmonlar ham davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab, erishilayotgan bu yutuqlar ko‘plab fidoiy insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini ta’kidlashdi. Tuman madaniyat bo’limi xodimlari hamda hududdagi maktab o’quvchilari tomonidan kuy-qo’shiq va raqslar ijro etildi. Tuman hokimligi va Nuroniylar jamg‘armasi tomonidan jamiatda o‘z faolligi, fidoyiligi bilan xissa qo’shib kelayotgan nuroniy otaxonu-onaxonlar rag’batlantirildi.

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MINGCHINOR MAHALLASIDA NURONIYLAR HAFTALIGI
18 октябрь 2023, Среда
MINGCHINOR MAHALLASIDA NURONIYLAR HAFTALIGI
Qo‘sha qarish saodati, Buyuk ipak yo‘li mahallasi
05 октябрь 2023, Четверг
Qo‘sha qarish saodati, Buyuk ipak yo‘li mahallasi
Paxtakor tumanida Uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.
28 сентябрь 2022, Среда
Paxtakor tumanida Uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo
19 май 2022, Четверг
Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар