Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » MINGCHINOR MAHALLASIDA NURONIYLAR HAFTALIGI

MINGCHINOR MAHALLASIDA NURONIYLAR HAFTALIGI

18 октябрь 2023 йил
107
0

 Butun yurtimiz bo‘ylab keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga maqsadida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizda yurtboshimizning tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti.

Xususan, bugun Paxtakor tumanidagi Mingchinor mahallasida nuroniylar ishtirokida haftalik doirasida "Keksa avlod – oilaviy ajrimlarga karshi", "Qari bor uyning parisi bor!",  kabi mavzularda aholi hamda yosh avlod bilan davra suhbatlari tashkil qilindi.

 -Sizlarning hayotiy tajribalaringiz, bilim va hunarlaringizni yosh avlod vakillariga qadriyatlarimiz kabi singidirib borishimiz kerak!-deydi tuman nuroniylar jamiyati raisi Normahammatov Shamsiddin bobo davra suhbati ishtirokchilariga.

Tadbir davomida hududdagi sahovatpesha tadbirkorlar, fermer xo’jalik raislari ko’magi bilan mahallaraisi tomonidan 100 dan ortiq nuroniy otaxonu-onaxonlarimizga dasturxon tuzaldi. Mahalladi istedodli yoshlarning hamda tuman madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan kuy-qo’shiqlar, nuroniylar raqslari ila tadbirga ko’tarinkilik bag’ishladi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qo‘sha qarish saodati, Buyuk ipak yo‘li mahallasi
05 октябрь 2023, Четверг
Qo‘sha qarish saodati, Buyuk ipak yo‘li mahallasi
Nuroniylar  Toshkent shahriga sayohat qildi.
06 май 2023, Суббота
Nuroniylar Toshkent shahriga sayohat qildi.
RO‘ZADORLARGA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
11 апрель 2023, Вторник
RO‘ZADORLARGA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo
19 май 2022, Четверг
Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар