Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tumanimizda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Tumanimizda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

17 июнь 2023 йил
146
0

 Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Jonkuyar xalqimizning ajoyib bir naqli bor “Qarisi bor uyning parisi bor”, deydilar. Darhaqiqat, keksalar – uyimizning ko‘rki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogo‘yimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajribayu maslahatlari bilan yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lchi yulduz. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.

Tumanimizning markazida joylashgan Nuroniylar jamg‘armasida “Nuroniylar – yoshlar nigohida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni tuman Nuroniylar jamg‘armasi bo‘limi raisi Shamsiddin Normahammatov kirish so‘zi bilan ochib, notiq o’z so‘zida mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni bartaraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotganligini takidladi. Tadbir davomida soʻzga chiqqan keksa avlod vakillari oʻrta va yosh avlodga oʻzlari ishlab oʻtgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida gapirib, Yangi Oʻzbekistonimizda ishlash, oʻqish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirdilar.

 Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot sari dadil odimlari samimiy suhbatlar, muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tadbirda san’at ustalari ijrosidagi madaniy dastur ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.  Nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida shaxmat-shashka, kitobxonlik, tosh ko‘tarish va yengil atletika kabi sport o‘yinlari tashkil etildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan uch avlod vakillariga Nuroniylar jamg’armasi tomonidan estalik sovg’alar va tashakkurnomalar topshirildi.

        Tadbirning badiiy qismida Jizzax viloyati Jizzax garnizoni harbiy qism va Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi chiqishlari va faxriy qorovul saf chiqishlari tantanali tadbirga yigʻilganlarning qalbiga yanda quvonch va zavq ulashdi.

Xulosa o‘rnida aytganda, keksalarimizning duoga ochgan qo‘llari, yuzlaridagi mamnunlik ifodasini ko‘rib, ularni qancha ko‘p qadrlab e’zozlasak, hurmat va ehtirom ko‘rsatsak ham shu qadar kam ekanligini yana bir karra his etasan kishi. Zero, bugungi farovon hayot va shodumon kunlarga yetishimizda ularning beminnat hissasi bor, mehnati singgan. Shunday ekan, keksa avlod vakillarining duosini olib yurish barchamizga nasib aylasin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар