Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Qanday hollarda pensiya qayta xisoblanadi?

Qanday hollarda pensiya qayta xisoblanadi?

24 октябрь 2023 йил
119
0

 "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida"gi Qonunning 49-moddasiga asosan, pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.

- pensioner pensiya miqdoriga taʼsir koʼrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʼlgan ish staji va ish haqi toʼgʼrisidagi hamda boshqa) qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etganda;

- nogironlik guruhi oʼzgarganda;

- boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni oʼzgarganda;

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʼzgarganda;

- daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, fuqaroga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʼlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada koʼrsatilgan uning yoshiga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun yuqorida koʼrsatib oʼtilgan huquqlar paydo boʼlganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар