Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Paxtakorda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

26 октябрь 2023 йил
148
0

 Har yili mamlakatimizda 25 oktabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. 1991 yil 25 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 270-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil qilingan edi. 2006 yil 6 dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq esa ushbu sana, ya’ni 25 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganiga 32 yil to‘ldi.

Sana munosabati bilan 26 oktabr kuni Paxtakor tumani Moliya bo’limi faollar zalida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Asilbek Ashurov, sektorlar rahbarlari, tuman Mudofa bo’limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, nafaqadagi faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Asilbek Ashurov ichki ishlar tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi va o‘z hayotini fuqarolarimizning tinchligi hamda osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan organ xodimlarini, tinglovchi faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatlarini e’tirof etlib, ularga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Bayram tadbirida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tuman Prokurori barchani bayram bilan samimiy tabriklab, tizimda erishilgan yutuqlar haqida aytib o‘tdi.

“Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi”ning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida soha xodimlarida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, muomala madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar aholi bilan ishlash amaliyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. El-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning oilalariga tinchlik, xotirjamlik, kelgusi ishlarida zafarlar yor bo‘lishini tiladi. Shuningdek, o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan tizim xodimlarining oila a’zolariga, yaqinlariga marhumlarning o‘z vaqtida yurtimizda osoyishtalikni ta’minlashga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirib, ularning yodi hamisha qalblarga muhrlanganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, soha xodimlari o‘z faoliyatini boshlagan dastlabki kunlardan ikkita eng ustuvor masalaga – jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratib kelayotganligini, alohida ta’kidlandi.

Tadbirda o‘z xizmat vazifasini namunali bajarib, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga bor kuch-g‘ayratini safarbar etib kelayotgan soha xodimlarining bir nechtasiga unvonlari berildi.

Shuningdek, nafaqadagi xodimlar “O‘zbekiston ichki ishlar faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Undan tashqari, tadbirda ishtirok etgan soha xodimlari qimmat baho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Tumanimizning taniqli san’atkorlari tomonidan ona Vatan, do‘stlik, muhabbatni tarannum etuvchi go‘zal-kuy qo‘shiqlar yangradi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan har bir xodim Vatanimizning asl o‘g‘lonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, ma’naviy va ma’rifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin ma’nodagi himoyachilaridir.

Ularni yana bir bor kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Tuman hokimligi Axborot xizmati.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар