Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Oʼzbekistonda oʼtgan sakkiz oyda qancha odam ovqatdan zaharlangani aytildi

Oʼzbekistonda oʼtgan sakkiz oyda qancha odam ovqatdan zaharlangani aytildi

26 октябрь 2023 йил
108
0

 Unga koʼra, ushbu zaharlanish holatlarida jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.

Sanitariya-gigiena boshqarmasi ovqatlanish gigienasi bosh mutaxassisi Respublikada qayd etilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari va joylarda oʼtkazilayotgan profilaktik tadbirlar toʼgʼrisida maʼlumot berdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʼmitasi xabar berdi.

Berilgan maʼlumotlarga koʼra, shu yilning oʼtgan 8 oyi mobaynida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqaro jabrlangan. 3 nafar odam vafot etgan. Jabrlanganlarning 86 nafari esa bolalardir.

Zaharlanish holatlarining 21 tasi (53,8 %) botulizm, 1 tasi MTT (2,5 %), 13 tasi (23,0 %) ovqattoksikinfektsiyasi va 1 tasi (2,5%) kimyoviy zaharlanishlarga toʼgʼri keladi.

Аytilishicha, 21 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida yuzaga kelgan «Botulizm» kasalligining 3 tasi Jizzax, 6 tasi Samarqand va yana 6 tasi Fargʼona viloyatlariga toʼgʼri kelgan.

Eslatib oʼtamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bir oilaning 4 nafar aʼzosi nomaʼlum etiologiyali ovqatdan zaharlanib vafot etganligi hamda Samarqandda esa bir oilaning ikki farzandi qoʼlbola tuzlamadan zaharlanib oʼlgani haqda xabar berilgandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар