Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani boylab “Biz bir boʼlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!” gʼoyasi asosidagi “Maʼnaviyat marafoni” loyihasi amalga oshirildi

Paxtakor tumani boylab “Biz bir boʼlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!” gʼoyasi asosidagi “Maʼnaviyat marafoni” loyihasi amalga oshirildi

11 ноябрь 2023 йил
118
0

 Bugun mamlakatimizda 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar 19 milliondan ortiq ekani, yaʼni mamlakat aholisining 55 foizini yoshlar tashkil qilayotgani Prezidentimizning yoshlar bilan ishlash barcha rahbarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi ekani haqidagi taʼkidlariga chuqur eʼtibor qaratishimiz lozimligini koʼrsatadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida” 2023 yil 27 iyuldagi PQ-241-sonli qarorida taʼlim tashkilotlarida “Najot - taʼlimda, najot - tarbiyada, najot - bilimda” gʼoyasi asosida “Maʼnaviyat marafoni” loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida keng maʼlumot berish, ularda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirish, tarbiyasiga salbiy taʼsir etuvchi gʼoyaviy tahdidlarga qarshi immunitetni mustahkamlash, yoshlarni ilm-fanga, maʼrifatga targʼib qilish barobarida maʼrifatli jamiyat qurish, ular qalbida Yangi Oʼzbekistonni barpo etishdagi daxldorlik hissini kuchaytirish koʼzda tutiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yillik bayram tadbiridagi nutqida “Biz bir boʼlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!” gʼoyasini ilgari surdi va bu jamoatchilik tomonidan qizgʼin kutib olindi. Shundan kelib chiqqan holda, “Maʼrifat kuni” loyihasini “Biz bir boʼlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!” gʼoyasi asosida “Maʼnaviyat marafoni” sifatida tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulogʼi”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim - faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol boʼyicha “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Etakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aktsiya, koʼrgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy- adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda kontsert dasturlari olib borilyapdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning taʼlim-tarbiyasini tizimli yoʼlga qoʼyishga yoʼnaltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etuvchi gʼoyaviy tahdidlarga qarshi ularning immunitetini shakllantirish hamda kuchaytirishga, boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish zamirida yoshlarni ilmfanga, maʼrifatga qiziqtirishdan iboratdir.

 

Shunday ekan, Paxtakor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi ostida iqtidorli oʻquvchilar bilan shu maktabning sobiq bitiruvchisi jahon chempioni Oybek Joʻrayev ishtirokida  bayroq ko‘tarildi.

 

"Ma'naviyat marafoni" doirasida  kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi, o'quvchilarga eng qiziqarli kitoblar namoyish etilib, o'qish uchun tavsiyalar berildi. O'qituvchilar maktab kutubxonasi uchun kitoblar sovg'a qildilar.

 

Tuman hokimining o'rinbosari F.Qoʻldoshev hamda  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari I.Xoliqov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi G.Xoʻjamqulovalar ishtirokida kitob taqdimoti boʻyicha davra suhbati bo'lib o'tdi Taqdimotda Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ch.Aytmatovning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli voqealar aytib oʻtildi Davra suhbatidan soʻng 2-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga badiiy-adabiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

 

“Maʼnaviyat marafoni” Paxtakor tumani bo’ylab barcha ta’lim muassasalari ijtimoy obyektlarda tashkil etildi.

“Maʼnaviyat marafoni” doirasida faol qatnashgan yoshlar munosib taqdirlandi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар