Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzaxda OITS kasalligiga chalinganligini bilib, erkaklar bilan yaqin munosabatga kirishgan ayol qamaldi.

Jizzaxda OITS kasalligiga chalinganligini bilib, erkaklar bilan yaqin munosabatga kirishgan ayol qamaldi.

11 ноябрь 2023 йил
172
0

 Endigina 28 yoshni qarshilagan sudlanuvchi Nargiza Solieva (ism-shariflar shartli oʼzgartirilgan) oʼzida OIV infektsiyasi aniqlanganini bilib, ushbu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik toʼgʼrisida rasmiy ogohlantirilishiga qaramay, OIV infektsiyasi bilan kasallanganligini aytmasdan, himoya vositalaridan foydalanmay 2023 yilning aprel oyida G.А bilan, 2023 yilning may oyida J.А, А.D va M.Mlar bilan jinsiy aloqada boʼlib, OIV infektsiyasini ularga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.Endigina 28 yoshni qarshilagan sudlanuvchi Nargiza Solieva (ism-shariflar shartli oʼzgartirilgan) oʼzida OIV infektsiyasi aniqlanganini bilib, ushbu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik toʼgʼrisida rasmiy ogohlantirilishiga qaramay, OIV infektsiyasi bilan kasallanganligini aytmasdan, himoya vositalaridan foydalanmay 2023 yilning aprel oyida G.А bilan, 2023 yilning may oyida J.А, А.D va M.Mlar bilan jinsiy aloqada boʼlib, OIV infektsiyasini ularga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish uchun javobgarlik amaldagi Jinoyat kodeksining 113-moddasida nazarda tutilgan. Bila turib shaxsni OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish oʼzida OITS kasalligi borligini bilgan shaxs tomonidan jabrlanuvchining shunday kasallikka chalinishi mumkin boʼlgan turli harakatlar sodir etishidan iborat boʼladi. Yuqtirish xavfi ostida qoldirish aybdor tomonidan jabrlanuvchiga tegishli sharoitlarda kasallikni yuqtirish mumkin boʼlgan shunday harakatlar sodir etilishini nazarda tutadiki, bunda kasallik faqat tasodifiy holatlar yoki jabrlanuvchi oʼziga yuqtirmaslik uchun koʼrgan choralar tufayligina yuqmasligi mumkin. Boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish usullari har xil.Sud N.Solievaga jazo turi va miqdorini tayinlashda, odillik hamda insonparvarlik printsiplariga tayangan holda, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʼgʼrisida”gi 1 sonli qaroridagi rahbariy koʼrsatmalarga amal qilib, uning jinoyatni gʼaraz va past niyatlarda sodir etganligini, muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlangan boʼlib, yana ushbu jinoyatini qasddan sodir etganligini jazoni ogʼirlashtiruvchi holatlari sifatida baholab, shuningdek, uning ayol kishi ekanligini, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini inobatga olib, unga u aybli deb topilgan modda sanktsiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni maqsadga muvofiq deb hisobladi.


Iroda Muxamedova
Jinoyat ishlari boʼyicha Jizzax shahar sudining sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар