Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri tashkil etildi

Paxtakor tumanida “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri tashkil etildi

02 декабрь 2023 йил
120
0

 Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida viloyatning barcha hududlarida manzilli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maʼnoda soha vakillari tomonidan Paxtakor tumanida “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Xizmat oldi yoʼriqnomasiga yigʼilganlarga masʼullar tomonidan tuman hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xuquqbuzarliklarga barham berish vazifasi yuklatildi.
Tadbir doirasida 47 nafar profilaktik hisobda turuvchi, 33 nafar ilgari sudlangan hamda 64 nafar toifadagi shaxslar suhbatlar olib borilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibatlari, qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar ham oʼtkazildi. Natijada 19 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʼyildi. Jumladan, 12 ta pasport tizimi qoidalarini buzish, 4 ta mayda bezorilik, 3 ta holatda noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar savdosi bilan shugʼullanish bilan bogʼliq maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi.
Tumanda yashovchi ovchilarning qurol saqlash qoidalariga amal qilishlari boʼyicha tekshiruvlar olib borilib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ov mavsumidan tashqari belgilanmagan vaqtlarda ov qilmaslik toʼgʼrisida tushuntirildi. Bino va inshootlar hamda savdo doʼkonlarida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʼrnatilgan videokuzatuv qurilmalari, shuningdek “Xavfsizlik pulьti”ga ulangan obʼektlarda xabarlovchi vositalarning sozligi tekshirildi.
Tadbir doirasida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan “Qizil” toifadagi mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etishda mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilarining oʼzaro hamkorligi oʼrganilib, mahalla beshligi erishayotgan natijalar va yoʼl qoʼyayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi.
Shu kuni masʼullar tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmasi faoliyati ham oʼrganildi. Bu jarayonda soha vakillarining qonunchilikka amal qilishi, ijrochilik intizomi, sohaga oid huquqiy normativ hujjatlar yuritish tartibi, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga oid ishlari baholandi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga yoʼnaltirilgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ulugʼbek Mustafaev
Viloyat IIB xodimi, kapitan

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар