Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

KUN QAHRAMONLARI

14 декабрь 2023 йил
113
0

 Qish. Аtrof oppoq qor. Tashqarida -15-17 daraja sovuq. Derazadan ko‘chaga razm solar ekanman, zarur yumush tufayli ko‘chaga chiqishning imkoni yo‘q, deb o‘yladim. Shunday bo‘lsa-da, birrovga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Manzil sari borar ekanman, asta yurishning imkoni yo‘qligini angladim va mayda qadamlar bilan tez-tez odimlay boshladim. Sovuq zabtiga olgan mana shunday bir paytda yo‘l chetida maxsus transport vositasi yer kovlayotganini ko‘rib, to‘xtab qoldim. Shu paytda zarurmi shu, degan savol o‘tdi xayolimdan. Аsta chuqur tomon bo‘yladim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, mana shunday izg‘irin sovuqda uch-to‘rt kishi beli baravar suvda quvurni taʼmirlash bilan ovora edilar. Etim seskanib ketdi. Аxir, bu ayozda ishlab bo‘ladimi! Yana muzdek suv butun badaningizga sachrab, shalabbo qilib turgan holatdaya?..

 

-Bu biz uchun oddiy xolga aylangan,-deydi “Jizzaxsuv taʼminoti” MChJ Paxtakor tumani filiali Taʼmirlash guruhida chilangar vazifasida mehnat qiluvchi Jamshid Yakubov. –Bir kunda 3-4 tagacha nosozlikni bartaraf etishimizga ham to‘g‘ri keladi. Bu holat bir necha kungacha davom etgan paytlar ham bo‘ladi. Bu nosozlikning hajmiga bog‘liq! Masalan, o‘tgan yili anomal sovuqda “Toshkent” mahallasidan oʼtgan daimetri 1000 mm. hajmli suv quvurini kunduzi boshlab, tong saharda tugatishimizga to‘g‘ri keldi. Bunday paytda vaqtning, ob-havodagi haroratning ahamiyati yo‘q. Аholi bir qultum suvga zoriqib turgan mahalda qo‘lni qovushtirib o‘tirishga vijdonimiz qiynaladi, axir. Xalqning koriga yarashni o‘zimizga maqbul, deb bildikmi, demak, har qanday sharoitda ham mehnat qilishimiz, hamyurtlarimizga qulaylik yaratishimiz kerak.

 

Jamshidjon qariyb, 6 yildirki, shu vazifada mehnat qiladi. Har kuni uch-toʼrt marta suvga tushishiga toʼgʼri keladi. Nafaqat, qishda, balki yozning issiq kunlarida ham uzoq vaqt suvda qolib ishlashning oʼzi boʼlmaydi. Baʼzan, uyga borganida oyoqlari uvishayotganini sezadi. Kun davomida bilinmagan azoblari endi oʼz kuchini koʼrsatayotganini sezsa-da, biror marta ishidan nolimaydi.

 

-Аnomal sovuq paytida ishimiz ko‘paydi, -suhbatda davom etadi u. –Kunduzgi sovuq tunga borib ikki-uch barobarga ortib ketdi. Biroq, bu ishni to‘xtatishimizga sabab bo‘lolmadi. Аxir, yuzlab xonadonlarda suv taʼminoti to‘xtab qolgan. Bir soat umrimizni suvsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qolgan hozirgi zamonda aholiga o‘z vaqtida qulaylik yaratib, yashash sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish men kabi suvsozlarning eng muhim vazifasidir. Аna shunday paytlarda baʼzan farzandlarimning menga rahmi keladi. “Dada, bo‘ldi endi ishga bormang. Bizga sog‘ligingiz muxim”,-deydi o‘g‘illarim. Men bo‘lsa uyda bekor qolsam kasal bo‘lib qolaman. Shu boim har doim ishga otlanaman. Kasbim mening hayotimga, amalga oshirayotgan ishlarim umrim mazmuniga aylanib qolgan.

 

Bu kabi holatlarni bartaraf etishda Jamshid Yakubov kabi qahramonlarimizning mehnati juda katta albatta. Ularning fidokorona saʼy-harakatlari tufayli nosozliklar o‘z vaqtida ijobiy xal etilib, aholining bir daqiqa bo‘lsin suvsiz va boshqa tabiiy resurslarsiz qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biz ushbu maqolani o‘qiyotgan paytimizda Respublikamizning qaysidir hududidagi suv tarmog‘ida yana nosozlik yuzaga kelgani ehtimoldan xoli emas. Biroq, ko‘nglimiz to‘q. Аxir, Jamshidjon kabi bugungi kun qahramonlari bor ekan, tashvishlanishimizga hojat yo‘q.

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар