Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida yangi yil archasi o‘rnatildi

Paxtakor tumanida yangi yil archasi o‘rnatildi

21 декабрь 2023 йил
90
0

 Bu yil Paxtakorliklar Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish uchun “Mo’jiza” istirohat bog’ida 15 metrlik yangi yil archasi o‘rnatildi.

Paxtakor tumani hokimi boshchiligida tumandagi barcha mutasaddilar ishtorokida yangi yil oldi, aholi ko’p yig’iladigan hamda Yangi yil bayramini ko’tarinki kayfiyatda, xavfsiz o’tkazish maqsadida “Mo’jiza” istirohat bog’ida o’rnatilgan yangi yil archasini o’rganib chiqib, tegishliligi bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Tuman hokimligi tashabbusi bilan maydon bayram illyuminatsiyalari bilan bezatildi, bolalar uchun o‘yinchoqlar savdosi yo‘lga qo‘yildi, archa yonida madaniyat uyi ijrochilari, musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining badiiy chiqishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Bayramni keyinroqqa qoldirishga hojat yo‘q. Yangi yil shukuhidan bahramand bo‘lishni bugunning o‘zidanoq boshlang va birinchilardan bo‘lib archa oldida suratga tushing.

Hozirning o‘zidayoq Mo’jiza istirohat bog’ida yorqin Yangi yil kayfiyatini his etishingiz va kechqurunlari (BULVAR) Yoshlar sayilgohda yaratilgan go‘zallikdan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Archa bog‘ning markaziga o‘rnatilgan, uning yorqin chiroqlarini sayilgohdagi har bir restorandan tomosha qilishingiz mumkin. Sayilgoh hududida o‘rnatilgan archa mo‘jizalar va sehrga to‘la bayramning tobora yaqinlashib kelayotganligini barchaga eslatib turadi.

Bayramning yorqin taassurotlaridan bahramand bo‘ling, Yoshlar sayilgohiga barcha oila a’zolaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring. Yoshlar sayilgohi sayr uchun mo‘ljallangan eng ajoyib joylardan biri. Bu yerda g‘aroyib tarzda bezatilgan xiyobonlar, yo‘laklar, bir nechta o‘yin maydonchalari, shuningdek, keksa insonlar dam olishlari mumkin bo‘lgan ko‘plab o’rindiqlar mavjud. Bayram kunlarida bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular har kuni sahnalashtiriladigan ertakda ishtirok etishlari, tumanimiz taniqli yulduzlarining chiqishlarini tomosha qilishlari, shuningdek, yoqimli sovg‘alar egasigaga aylanishlari mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар